UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Batafsil yozilgan, ko'p sonli hikoya. (1-qism)
Hayot qizig'-a ? Gohida mehribon, gohida beshavqat, goh quvonch, goh g'am ... Hayotimizning eng go'zal damlarini "baxt" deb ataymiz. Bu hayotga baxtli yashash uchun kelganmiz. Ammo bu oson emas. Hayotning son-sanoqsiz qiyinchilig-u, mashaqqatlari mavjud. Chunki bu sinovli dunyo ! Ushbu sinovlarning eng shirin dardliligi, bu "Muhabbat" ! Aytilishini o'zi bir, juda ham hayajonli. Qalbingiz o'zgacha bir olamda yashayotgandek o'zgarishlarning kuzatilishi ham, bu "Muhabbat" tuyg'usi sababli. Ilgari bu so'zga tushunmasdim va shu so'zni eshitsam jahlim chiqardi. Nimaga, deysizmi ? Hozir barchasini bir boshidan bafurcha gapirib beraman. Keling avval o'zimni tanishtiray. Ismim Otabek. To'rt kishidan iborat fayzli oilam bor. Oyim, Dadam, Men va Singlim ... Ota-onam, Allohga shukur juda ham yaxshi va mehribon insonla. Baxtimga omon bo'lishsin ! Onam uy bekasila. Men, Dadam bilan birgalikda, kichik bir korxonani boshqarib, ishlaymiz. Singlim, ayni kunda kollej talabasi. Ahil va inoq oilamiz. Ilgari "Muhabbat" degan so'zni, umuman yomon ko'rardim. Chunki har kun kechqurun, muhabbat seriallari berardi. Oyim ko'rardila. Televizor shovqinidan ko'zimga uyqu kelmasdi. Qaniydi bitta serial bersayu, televizorni o'chirishsa. Afsus-ki, unday emas. Biri tugashi bilan, ketidan boshqa kanalda yana bittasi boshlanadi. "Muhabbat mojarosimiyey", "Qalbim chechagimiyey", "Esmeraldamiyey" ... Voy-dod deb baqirgim kelardi. Muhabbat nimaligini tushunmaganingdan keyin, serialni ham ko'rishing kelmas ekan. Kechqurun ovqat mahalda, ovqatlanayotib majbur ko'raman. Ammo ertalabgi nonushtaga chiqib, ne ko'z bilan ko'rayki, yana o'sha Muhabbat serialini takroran namoyish etishyapti. Takroran berishi yetishmay turgan ekan-da ... Bitta serialdan qutulsang, ertaga yana bittasi paydo bo'ladi. Reklamalarini-ku aytmasam ham bo'ladi. "Yoshlar" teleradiokanalida yana bir yangi serial "Muhabbat faloncha-falonchasi" ! Eng asabimga tegadigani ham, manashu edi. Bir marta reklama qilsa-ku mayli desangiz. Yo'q, bular har 15 minutda ko'rsatishi kerak. Tovba ... Shu tariqa kunlar, oylar o'ta boshladi. 2009 - yilni, Aprel oyiga kelibgina, men birinchi bor "Muhabbat" nimaligini tushundim. Shundan so'ng "Muhabbat" tuyg'usiga e'tibor beradigan bo'ldim. Bu qanday sodir bo'lganini ham, hozir bafurcha gapirib beraman. Singlimni, aprel oyida tug'ilgan kuni edi. Qalbimga Muhabbatni kirib kelishi ham, aynan shu kundan boshlandi ... Uyda erta tongdan tayorgarlik ko'ra boshlagan singlim, dugonalari kelishini aytdi.
-Ha erkatoy singlim, tug'ilgan kuning bilan !
-Rahmat akajon ! Vooo-oy to'xtangchi, faqat tilak xolosmi ???
-Aha, yana nima bo'lsin ?
-Sovg'a qani ?
-Qanaqa sovg'a ? Tilakga ham shukur qil ...
Odatda singlim bilan ko'p hazillashib turamiz. Bu safar ham hazil qilib, biroz qo'rqitmoqchi bo'ldim. Shunda singlim:
-Sizdan xafaman ! ... Birinchi sizdan sovg'a kutgandim.
( Biroz xafa holda )
-Unda qo'lingni berchi.
-Nimaga ?
-Hozir ko'rasan.
-Yo'q !
-Qo'ysangchi singlim ...
-Yo'q !
-Voy, arazlama endi. Axir bugun tug'ilgan kuning ...
-Hmm ... Ha-Mayli ...
-Bu senga. Tug'ilgan kuning bilan, o'zimni go'zal singlim.
-Iye, nima-bu ?
-Ochib ko'r-chi.
-Hozir ... Voo-oy, tumormi ? Buncha chiroyli. Sovg'a yo'q deb o'tirgandiz-u ? ...
-Hazil qildimda. Singlimga sovg'a ololmasam, nima qilib yuribman.
-Rahmat akajon ! Sizni juda ham yaxshi ko'raman.
-Men ham singlim. Ha aytgancha, oyim va dadam ko'rinmaydila ?
-Buvimlarnikiga ketuvdila. Biron soatda qaytarkanla. Dadam: "Akang uyg'onsa ishxonaga ham bir borib, xabar olsin" degandila. Sizga nonushta taxlab qo'yuvdim. Oshxonaga kirib, ovqatlanib oling.
-Aha, xo'p. Bo'lmasa tayorgarlikni davom etdiraver. Biron nima kerak bo'lsa, bemalol menga aytgin xo'pmi.
-Xo'p bo'ladi akajon ...
Ishxonaga bordim va qaytishda barcha kerakli mahsulotlarni keltirib berdim. Soat 10:30 lar chamasi, Elyor degan yaqin o'rtog'im uyimiz keldi. Kompyuterda bir ishni tushunmayotganini va ko'rib berishini aytdi. Shundan so'ng u bilan xonamda suhbatlashib o'tirdik ... Soat 11:40 lar chamasi eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 3 - 4 bor jiringladi ...
-Singlim, eshikga qarachi, kimdir keldi.
-Akajon, o'ziz ochaqoling. Qo'lim biroz ho'l. Ovqatni tayorlayotgandim.
-Ob-bo ... Xo'p, hozir.
Eshikni ochdim. Singlimni dugonalari kelishibdi. Bu dugonalari ichida esa .......... Men muhabbatimni uchratdim. Aniqrog'i, juda ham chiroyli husni, qosh-u ko'zlari bilan bir qiz, meni o'ziga maftun etdi. Nima deyishni bilmay, go'yo o'zimni yo'qotib qo'ydim. Taqdirni ishimi-bu bilmadim, aynan o'sha qiz so'z boshladi ...
-Salom. Shahnoza uydalami ? Biz dugonalari bo'lamiz.
-A ... Ha-ha uyda-uyda. Kelinglar. Marhamat.
Singlim, dugonalaring kelishdi.
-Hozir, ketyapman akajon.
-Marhamat, mehmonxonaga kiringlar. Xush kelibsizlar ...
Singlim ham keldi va ular bilan ko'rishdi. Men esa, negadir birdan o'zgarib, qoldim. Xonamga kirganimda, hayolparishon bo'lib, o'rtog'imni
Maqola nomi : "BU YERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ !" (1-qism)
Vaqti : 10.06.2014|09:30
Ko'rilgan : 3845
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 240/239
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика