UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men unga turmushga chiqishni istayman. U ham menga uylanishni orzu qiladi. Ammo orzularimiz ushalmay qolishi mumkinligini ikkimiz ham xayol qilmaymiz.

Bir kuni oyim mendan sira kutilmaganda:

— Kim bilan uchrashib yuribsan? — deb so‘rab qoldilar.

To‘g‘risini aytdim. Gaplarimni eshitib, oyimning jahli chiqdi.

— Kelib-kelib shunaqa bolani topdingmi? — deb baqirdilar.

Oyimga uning nimasi yoqmaganini bilmasdim.

— Gap shu: o‘sha bilan boshqa uchrashmaysan! — dedi oyim keskin tarzda. — Gapimni yana bir marta qaytarishga majbur qilmaysan, degan umiddaman.

Oyimga qarshi hech nima deyolmadim. Lekin u bilan uchrashmaslikni tasavvur qilolmasdim. Unga qo‘ng‘iroq qilmaslikka urinsam ham, chidolmasdim. Yuragim qo‘ymasdi...

Oyim gaplariga quloq solmayotganimni bilib, meni yana ogohlantirdilar. Lekin menga bu gaplar ham ta’sir qilmadi: o‘z bilganimdan qolmadim.

Oyim axiyri qattiqroq chora ko‘rishga qaror qildilarmi, meni hatto o‘qishga ham jo‘natmay qo‘ydilar.

— Gapimga kirmaganing uchun jazo bu! — dedilar darg‘azab bo‘lib. — To aqlingni yig‘ib olmaguningcha uyda o‘tirasan!

Shunda chidolmadim. Oyimga dilimdagini, aniqrog‘i, usiz yasholmasligimni, bu urinishlaridan hech qanday natija chiqmasligini, uni hech qachon unutmasligimni aytdim. Oyim ilk bor yuzimga tarsaki tushirdilar. Yonog‘im lovullab ketganday bo‘ldi. Ammo aytganlarimdan pushaymon qilmadim.

Oyim meni shu yo‘l bilan jazolamoqchilar, uni unutishimni istayaptilar. Lekin uyda o‘tiramanmi yoki u bilan har kuni, har soat ko‘rishamanmi, baribir, unutish qo‘limdan kelmaydi. Uni unutishni istamayman ham...
Maqola nomi : UNI UNUTGIM KELMAYDI . . .
Vaqti : 10.06.2014|09:14
Ko'rilgan : 1652
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 331/270
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :24 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика