UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
XUDO umrin bersa, yashayversa to'q,
Ayting kimning yuz yil yashagisi yo'q?
LEK ko'ngil tubida yuz ochar bir cho'q,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA.

Qafasga sig'maydi orzular qushi
Joningni chimchilar ro'zg'or tashvishi,
Ayt poyon topgaymi bu dunyo ishi?
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA

Dasturxon to'ldirma, topganingni qo'y,
Mayli qadah tutma, diydoriga to'y,
Ostonangda kulib ko'rsatganda bo'y,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA

Kimdir gul uchun, kim, pul uchun yashar,
Qo'yosh ko'kda kuyib nur uchun yashar,
Saman diydor topgan dur uchun yashar,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA
Maqola nomi : Bir kunda bir soat do'st uchun yasha
Vaqti : 05.06.2014|00:26
Ko'rilgan : 5735
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 428/412
Reyting
Bosh sahifa » Sherlar » Falsafiy sherlar
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика