UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
O'rtandim qalbimni poklamoq uchun,
Lek yo'l qo'ymadi mol dunyo kuchi,
Saxobalar kabi yashamoq uchun,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

G'arib yashab o'tdi rasul Muhammad,
Unga intilaman endi toabad,
Boylikka bor ekan qalbda muhabbat,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Nima berar senga do'st-u yoroning?!
Unutarlar seni so'ngan zaxoting,
Senga dardkash bo'lar qibla tomoning,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Boylik bu nimadur, dunyo matoxi,
Biling ey do'st, shayton botqog'i,
Pul bu dollar yoki tiyinmi,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Esdan chiqartirar u dunyoyingni,
Gullab yashnatsa ham bu dunyoyingni,
Yo'lidan qaytmayman hech Xudoyimni,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Mol deya odamlar yelib yugursa,
Pul topish dardida saharlab tursa,
Namoz mahal esa uyquni "ursa",
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

"Pul jigardan bo'lar", deydi odamlar,
Shuning uchun do'stini bir pulga sotar,
Pul dardida tong otib, tunlar ham botar,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Pul dardi insonga qayg'u soladi,
Oxirat kunida pullar qoladi,
Axir odam taftini odam oladi!
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Molila maqtanmoq riyoku axir!
Har onda ajal hozir-u nozir,
Bilasan, dil uzmaysan nimaga baxil!?
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Mol deya odamlar ichin og'ritib,
Hatto qavmini ham nonga zor etib,
O'zi ham yemayin to'playapti mol,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

Dag'al fe'llar ila qayga boradi?,
Hamma nasibasin bir kun oladi,
Yog'och otga minib go'rga boradi,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!

O'zing ham voz kechgin mol dunyolardan,
Hazar ayla har dam kibr havolardan,
O'zingga ber savol ey osiy Sodiq,
Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!
Maqola nomi : Dunyodan voz kechmoq shuncha qiyinmi?!
Vaqti : 05.06.2014|00:25
Ko'rilgan : 1572
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 265/216
Reyting
Bosh sahifa » Sherlar » Falsafiy sherlar
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика