UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Dard-u hasrat yer ekan ko'ngil to'rini,
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin sho'rini,
Ba'zan murda ham topolmay qolar ekan go'rini,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

So'zing ham o'tmay qolar ekan goh,
Qochishadi oshna-og'ayni seni ko'rgan chog',
Qani ishongan bog', suyangan tog' ?!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Tashvishlar o'raydi to'rt tomoningdan,
Tosh chiqaveradi yegan noningdan,
O'zingnikilar ham ba'zan o'tkazib yuborar-da joningdan,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Omad yo'q, atalaga ham o'tmaydi tishing,
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing,
Nomard-u, pastkashga tushadi ishing,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Xudo o'zi bilar kim qachon ketar,
Bir kam bu dunyo ko'ngling xun etar,
Husningdan ayirar, kuning tun etar,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Orzu bog'ing darddan beradi hosil,
O'ylayverib oxir o'zing ham bo'lasanku sil!
Osilsang ham saal pastroq dorga osil,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Yigit yiqilsa, nopok xotin- to'ra,
Ko'rmaganni ko'rgani qurib ketsin, jo'ra!
So'rasang ham bandadanmas, Xudodan so'ra!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

Man man degan yigitlar sinar hayot zo'ridan,
Singanga kim ham joy beradi davra to'ridan?!
Kim bo'shatib beradi issiq o'rnini!?
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Maqola nomi : Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini
Vaqti : 05.06.2014|00:24
Ko'rilgan : 1361
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 227/199
Reyting
Bosh sahifa » Sherlar » Falsafiy sherlar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика