UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Avtobusda odam unchalik köp
emasdi. Bekatda 35 yoshlar
atrofidagi bashang kiyingan ayol
avtobusga chiqdi. Kun juda issiq,
aksiga olib hamma joylar band. Faqat
orqaroqdagi o'rindiqlarning
birida14-15 yow atrofidagi qizcha
jimgina ko'chani tomosha qilib
ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi.
Lekin qizcha joy berishni hayoliga
ham keltirmasdi. Avtobus juda
imillab keyingi bekatga keldi. Yana
5-6 odam chiqqach ayol battar
o'ng'aysizlana boshladi. Nihoyat
uqarshisida o'tirgan ayollardan
biriga qizcha eshitadigan qilib
gapirdi: "Biz yoshligimizda
avtobusga o'zimizdan kattalar
chiqqanida joy berardik. Hozirgi
bolalarga hayronman. Masalan
manavi qizcha (qo'li bilan ko'rsatdi),
ota-onasi har kuni nimani o'rgatadi,
bilmadim. O'tiriwini qarang"! Qizcha
yarq etib ayolga qaradi. Ayol
g'olibona nazarda qizchaga qarardi.
U haq gapni aytganidan yuzida
mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga
qarab jim bo'lib qoldi. Keyingi
bekatda avtobus to'xtagach 23-24
yowlardagi bir yigit shoshilib chiqib
qizchaning yoniga keldi. - Akajon -
qizcha ko'zyoshlarini ortiq tiyolmadi.
Akasi uni ko'tarib oldi. Ular haligi
ayolning yonidan o'tiwarkan, qizcha
halitdan beri ularga ma'noliqarab
turgan ayolga dedi:"Qaniydi ota-
onam bo'lsa..." Ayol jim edi. U
avtobusdan tushib qizchani
nogironlik aravachasiga
o'tqazayotgan yigitni kuzatib qoldi.
"Uning ota- onasi 3 oy oldin
avtohalokatga uchragan, faqat shu
qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi
ewitildi. Avtobus yurgan vaqtda
qizcha o'tirgan, bo'w o'rindiqqa
qarab qolgan ayolning ko'zlaridan
yosh tinmasdi... Yetimni yig'latish
Kab'aga tosh otish bilan barobar
azizlarim, bilib bilmay birovni
ko'nglini og'ritishdan o'zingizni
tiying! Ushbu xikoyani bir
opamizhikoya qilib berdilar. Alloh
qilgan gunoxlarimizni o'zi kechirsin
Maqola nomi : Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Agar biringi
Vaqti : 02.06.2014|08:05
Ko'rilgan : 1597
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 348/238
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :24 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика