UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Agar biringiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda qilgan paytida, «Bismillahi. Ey, bo Xudoyo, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytondan bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin», desa, albatta,agar o‘shandan ularga farzand
beriladigan bo‘lsa, unga shayton abadiy zarar yetkaza olmaydi», dedilar». Sharh: Jufti haloliga jinsiy
yaqinlik qilayotgan kishi ushbu duoni o‘qishi lozim. O‘shanda shaytonning sharridan poklangan
bo‘ladi. Mabodo, o‘shayaqinlikdan oralarida farzandpaydo bo‘ladigan bo‘lsa ham u bolaga hech
qachon shayton zarar yetkaza olmaydigan bo‘ladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki, siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga borgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydigan shaxslar bo‘ladi.
Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar», dedilar». Sharh: Bu rivoyatda faqat ikki
holatdan boshqa paytda odamdan ajralmaydiganlar, deb aytilayotgan shaxslar farishtalardir. U
farishtalarning ba’zilari kishini turli balo ofatlardan qo‘riqlab tursalar,ba’zilari qilgan amallarini yozib
turadilar. Shuning uchun ham mo‘’min- musulmonlar o‘shafarishtalarni rioyasini qilib turishlari kerak. Shariat ruxsat bermagan holatlarda hech avratlarini ochmasliklarilozimJobir roziyallohu anhudan rivoyat
qilinadi: «Yahudiylar, agar erkak xotiniga orqa tomondan oldiga yaqinlik qilsa bola g‘ilay bo‘ladi,
der edilar. Shunda «Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekanzoringizga xohlagan tomoningizdan keling», oyati nozil bo‘ldi». Sharh: Jinsiy tarbiya muhim masalalardan bo‘lgani uchun Alloh taolo Qur’onda uni zikr qilgan. Doim bo‘ladiganidek, o‘sha paytlarda ham bu nozik va o‘ta hassos masalada odamlar ichida
bo‘lar- bo‘lmas gaplar chiqib turar edi. Jumladan, ahli kitob, madaniyat sohibi sanalgan yahudiylar ham turli diydiyolarni tarqatib turar edilar. Ular, agar er xotinining oldiga orqa tarafidan turib yaqinlik qilsa
bolasi g‘ilay tug‘iladi, degan gapni tarqatgan edilar. Alloh taolo yuqorida zikr etilgan oyatni nozil
qilib ularning gaplari botil ekanini bayon etdi. Qaysi tomonidan bo‘lsa ham ekin - bola bo‘ladigan joyga bo‘lsa bo‘ldi. Bolaning qandoq bo‘lishiga yaqinlik qilish holati sabab bo‘lmaydi.Sunan egalari
rivoyatida: «Kim ayol kishining orqasigayaqinlik qilsa mal’undir» Sharh: O‘z xotining oldini qo‘yib
orqasiga yaqinlik qilish katta gunohdir. Undoq odam Alloh taoloning la’natiga uchraydi. Chunki bu shar’an harom qilingan ishdir. Shariatda harom qilingan ishni qilgan odam esa, la’natgauchraydi, Allohning
rahmatidan quviladi.Ali ibn Tolq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir a’robiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey, Allohning Rasuli, bizdan bir kishi ochiq joyda bo‘ladi. Undan
hid chiqadi. Suv oz bo‘ladi», dedi. «Qachon biringiz hid chiqarsa, tahorat qilsin, ayollarning
orqalariga yaqinlik qilmanglar! Albatta, Alloh haqdin hayo qilmas», dedilar» Sharh: A’robiylar, sahro tabiatli
bo‘lganlari uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima to‘g‘ri kelsa tortinmasdan
so‘rayverar edilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan doimo birga bo‘ladigan sahobiylar
ham, a’robiylar kelib, biror narsa so‘rashsa edi, biz ham foydalanib qolar edik, deyishib
turishar edilar.Mana bir a’robiy kelib, a’robiychasiga savol so‘radi. Uning savoli hid chiqargan odam tahorat qilmay qo‘yaversa bo‘lavermaydimi? degan ma’noda edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hid chiqargan odam tahorat qilishi shart ekanligini ta’kidlash bilan birga, boshqa bir muhim masalani
ham aytib o‘tdilar. U ham bo‘lsa ayol kishining orqasiga yaqinlik qilmaslik. Bu muhim masala, buni
erkagu ayol, har bir shaxs bilmog‘i kerak. Chunki, bu halol-haromga, gunohga tegishlimasala. Buni uyat
gap, deb aytmay ketadigan masala emas. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vasallam mazkur gapni aytganlaridan keyin, albatta, Alloh haqdin hayo qilmas, deb ilova qilib qo‘ydilar. Xuddi shu ma’no bizning tilimizga, shariatda sharm, yo‘q, deb tarjima qilingan. Halol-harom, gunoh-
savobga bog‘liq bo‘lgani uchun ba’zi oddiy holatlarda uyatli hisoblangan gaplarni ham
gapirishga to‘g‘ri kelishi shundoh izohlanadi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:«Erkak yoki ayol kishining orqasiga yaqinlik qilgan kishiga Alloh nazar qilmas», dedilar». Ikkovini Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan. Sharh: Ushbu rivoyatda zikr qilingan ish eng munkar ishlardan ekanligi, uni insonlik tabiatidan chiqib ketgan mal’unlar qilishi mumkinligi hammaga ma’lum va mashhurRasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishining behuda ko‘ngilxushi
qilishi botildir.
Maqola nomi : Jinsiy aloka odoblari.
Vaqti : 02.06.2014|08:04
Ko'rilgan : 17374
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 494/471
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :31 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика