UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
-Asli hikoya Go'zalni Bobur sevib
qolishidan boshlandi. Rayhona
bilan Go'zal dugona edilar.
Rayxona Boburni ancha
vaqtlardan biri sevar edi.Unga
befarq emasligini bir necha bor
unga bildirmoqchi bo'ldi-yu, lekin
har gal Bobur undan o'zini olib
qochar edi. Bir kuni Bobur
Go'zalga sevgi xati yozdi. Go'zal
xatga qayrilib ham qaramadi
xatni olib kelgan odamga:
"boshqa menga xat olib kelmang
do'stizga ayting boshqa xat
yozmasin." Go'zalning yuragi
g'ash bo'ldi. Chunki u bilardi
Rayhon Boburni sevishini.
Rayhon xat kelganini bildi va
Go'zalga boshqacha qarab
qo'ydi. Shunda Rayhon ning jahli
chiqib, sinfdoshlariga "Go'zal
Boburga suykalib yurubdi degan
gap chiqardi. Bu gap butun
mahallaga yoyildi. Bu gapni
Go'zalning otasi ham eshitdi.
Rayhon shu yo'l bilan Go'zalni
azoblantirmoqchi bo'ldi.
Kunlarning birida Go'zal kuchada
ketib borardi. Yo'lda gaplashib
turgan qo'shni ayollarning
gaplari qulog'iga elas-elas
eshtilardi:-Qo'shnijon anavi
Ahmat akani qizi Go'zal qo'shni
mahalladagi Bobur bilan oshiq-
moshiq bo'lib yurarmish
eshitizmi? Go'zal yaxshi qiz edi
shekile!? Guzal qo'shnilari
oldidan salom berib o'tib ketar
ekan yuragi o'rtanib ketdi o'ziga
o'zi:- "aybim nima? aybim
sevilganimi ! Ko'zlaridan marjon
kabi oqayotgan yoshlarini
bilintirmasdan arti. O'qishga
kechikayotgan edi shuning
uchun qadamlarini tezlatdi.
Aslida
uning ko'ngli Boburda emas edi.
O'qishga borsa ham hammaning
og'zida shu gap. Go'zal o'zini
hech nimani bilmagan odamdek
darsiga kirib ketdi. Uyga juda
yomon ahvolda keldi. Ko'ngliga
chiroq yoqsa yorishmasdi.
Ahmad aka ulfatlari bilan
o'tirardi. Hadan ziyod kayfi oshib
qolgan Ahmad akaning do'sti
Zoir aka behosdan Go'zal haqida
aytib qoldi. Kech tushdi Go'zal
onasi ekalasi ovqatlanib
o'tirishardi. Shu vaqt eshik
taqiladi Go'zalning otasi mast
ahvolda uyga kirib keldi.
Ko'zlarida nafrat o'ti yonmoqda
dastirxon ustidagi pichoqni olib
bir rafiqasiga, bir qiziga qaraydi.
Hech ekilanmay pichoqni, yakka-
yu yolg'iz qizining bag'riga
pichoqni sanchidi. Nima
bo'layotganini anglolmay qolgan
Go'zalning og'zidan faqat bitta
so'z:"nima uchun!!!" degan so'z
chiqdi halos. Otasi qizining
jasadiga qarar ekan "qizim meni
kechir men nomus oldida ojiz
qolgandim" deya yoshlarini
yashirolmadi. Hali 17 yoshga
kirmay birovlarning be o'rin bilib
bilmay gapirgan tuhmatlari
evaziga bu hayotdan ko'z yumdi.
Bechora onaezor, turmush
o'rtog'i tomonidan o'ldirilgan
qizining uzun sochlarini silab
o'tirardi. Hali hayotning zavqini
tuyushga ham ulgurmadi.Yotadi
yerda jonsiz. Osmonga
farishtalar
kabi uchib ketmoqda. Xulosa qilib
shuni aytish mumkinki
tuhmatdan ollohning o'zi asrasin
Maqola nomi : Baxtsiz yakun topgan voqea
Vaqti : 02.06.2014|08:00
Ko'rilgan : 1734
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 341/341
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика