UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Gazetani varaqlab o‘tirib,
g‘alati habarga duch keldim.
Xorijlik bir ayolning ikki
bolasi birdek ko‘rish
bahtidan bebahra ekan.
Sho‘rlik ona bolalarining
achchiq qismatidan ko‘p
qayg‘uribdi. Ohiri bir
qarorga kelibdi. Ona o‘z
ko‘zlarini farzandlariga
o‘tkazishlarini vasiyat qilib
o‘z joniga qasd qilibdi. Eng
achinarlisi, bu operatsiya
ayolning ikkala o‘g‘li uchun ham
naf bermasdi. Onaning ko‘z
gavharidan boshqalar uchun ham
foydalanib bo‘lmasligini
shifokorlar malum
qilishibdi. Mushtipar ona
bolalarini bir bor yorug‘
olamni ko‘rishlari uchun o‘z
jonidan kechibdiyu, faqat
so‘nggi orzusi ham sarobga
aylanibdi. Vujudim titroq
zarbidan zirqirardi. Nogahon
chalingan telefon
qo‘ng‘irog‘idan hushimga
keldim.
-Allo...
Bu shahardagi Ankologiya
kasalliklari shifoxonasida
hamshira bo‘lib ishlaydigan
dugonam. Bir bemor men bilan
ko‘rishish istagida ekanligini
bildirdi.
-Har soniya g‘animat. Ahvoli
juda og‘ir. Imkoni boricha
tezroq kel...
Tabiatan ko‘ngilchang dugonam
o‘pkasini ololmay yig‘lardi.
Hamma yumushlarimni tashlab
kasalxonaga yetib bordim.
Bemor ellik yoshlardagi erkak
kishi edi. U og‘riq zo‘ridan
rangpar va nimjon bo‘lib
qolgan bo‘lsada, qachonlardir
zabardast va salobatli odam
bo‘lganligi qiyofasidan
ko‘rinib turardi. Qarashli
o‘tkir, ammo nursiz va g‘amgin
edi. U saraton kasalining
shavqatsiz iskanjasiga
giriftor bo‘lgan ekan.
-Men bugun o‘lsam kerak, - u
salom- alikdan so‘ng menga
aytgan birinchi gapi shu bo‘ldi.
–Yuragim tubiga joylashgan
og‘ir dard oldida tanamning
og‘riqlari hech narsa emas, -deya
qiynala –qiynala og‘ir nafas
olib gapirardi Bannob ismli
bemor.
- Men o‘z onamning qotiliman.
Meni dunyoga keltirgan,
opchillab katta qilgan
onamning qotiliman.
Bannob akani dardmi, vijdon
azobimi uni o‘z kundasida
azoblar edi. Men ana shu
dahshatli voqelikni shohidi
edim. U huddi tanasiga birov
pichoq urayotganday
azoblanardi. Butun vujudi
zo‘riqishdan qonsizlanib
qoldi. Oppoq... O‘likka o‘xshab
jonsizlanib qoldi.
Men asta o‘rnimdan turmoqchi
edim, u majolsiz boshini
qimirlatib “ Ketmang”
deganday mungli tikildiki,
bu hotiramda go‘yo bir umrga
muhrlanib qolganday...
Shifokorlar bemorning so‘nggi
daqiqalari qoldi, deganlari
uchun uning qiynoqlariga
sherik bo‘lib, so‘zlarini
tinglashdan o‘zga choram yo‘q
edi.
... Bannob bolaligida sho‘x, erka
farzand bo‘lib voyaga yetdi.
O‘qishga tobi yo‘q bo‘lgani uchun
maktabni tamomlab,
qurilishda ishlay boshladi.
Qurilishda ishlash bu
onasining issiq bag‘rida
uhlash degani emas, bo‘yin egib
mehnat qilish, ter to‘kish
kerak. Uni esa bunga tob-
toqati yo‘q. Ohiri tog‘asining
yordami bilan haydovchilik
guvoxnomasini qo‘lga kiritdi.
Asta sekin qurilish
ob’ektlariga yuk mashinasida
shag‘al tashiy boshladi. Shu
bilan birga qo‘li uch –turt so‘m
ko‘rgan kishi bo‘lib, ichkilikka
ham ruju qo‘ydi. Hayotida uch
bor uylanibdi. Birinchi
xotini aroqqa mukkasidan
ketgani uchun, ikkinchisi esa
uyda xotini bo‘la turib ko‘cha
ayollariga ilakishib
qolganini eshitib ketib
qoldi. Yoshlikning kuch-qudrati
borida ko‘cha ayollarining
bag‘ri uni bo‘shatmadi. Pulsiz
qolganda esa do‘stlari ham,
uzoqda ko‘rib qolsa yugurib
kelib quchog‘iga otiluvchi
ofatijon ayollar ham uni
begona, deb bilishdi. Bannob
qirq besh yoshga yetganda ona
sho‘rlik o‘g‘liga kelin topib
yana uylantirdi. U bo‘lajak
kelini o‘g‘lini yo‘lga solar,
ichkilikdan qaytarar, deb
umid qilgandi.
Dunyodan yaxshilik tilagan ayol
qattiq adashgan edi. Bu kelin
o‘ziga ajalni barvaqt chaqirib,
unga giriftor qilishini
xayoliga ham keltirmagan
bo‘lsa kerak.
Mukarram ismli sakson yoshni
qarshilagan farishtasimon
momoni hamma suyib, “Poshsho
oyi” deb chaqirar ekan.
Hassasini do‘qqilatib, tinim
bilmaydigan Poshsho oyi bir
hafta betob bo‘lib yotibdi. Sal
madorga kelgach tashqariga
chiqqan ona atrofni tartibsiz,
supirilmagan holda ko‘rib
qattiq ranjibdi:
-Kelin, bu uy joylar
sizlarniki. Men boshimga
ko‘tarib ketmayman. Sal jon
koyitib, qo‘lga supurgi olib,
ozoda qilsangiz bo‘lmaydimi?
Axir nopok yerdan farishta
ketadi, degan gap bor...
-Ha, qilarman,-debdi kelin ham
bepisand. Ammo o‘rnidan
qimirlamay, pardoz andozdan
bo‘shamabdi. Bir yoqda Poshsho
oyi o‘zini hurmat qilmagan
kelinni aytib-aytib, uzib
olish uchun gapdan to‘xtamabdi.
Qaynona -kelin o‘rtasidagi
dahanaki jang kelinni
arazlab ketishi bilan
yakunlanibdi. Nigora to‘g‘ri
erini ishxonasiga borib,
hammani oldida onasining
gaplariga “to‘n” kiydirib,
qo‘shib-chatib uni obdon
yomonlabdi. Qaynonasini
yalmog‘izdan olib jodugarga
solib, erini sharmisor
qilibdi.
O‘sha kuni sheriklari oldida
yuzi shuvit bo‘lgan Bannob o‘lar
holda aroqqa bo‘kibdi. Ozgina
ichsa botirga aylanadigan
Bannobni ortiqcha
Maqola nomi : Onaqush farzand
Vaqti : 01.06.2014|09:57
Ko'rilgan : 2319
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 316/373
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :29 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика