UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Har bir o'zbek oilasida qadimdan yong'oq mag'zi va mayiz mavjud bo'lib, kuzdan bahorgacha ovqatlanishda qo'llanib kelinadi. Go'sht maydalagichda ikkalasini aralashtirib o'tqazib, oz-ozdan til ostida so'rib yurish judayam foydalidir. Buning sababi uning yuqori kalloriyaga ega ekanligidir.



Boshqa mahsulotlar bilan taqqoslaydigan bo'lsak, 100 g sutli muzqaymoq -160, povidlo -270, varene-294, shakar-390, shokolad- 568, kakao- 416, asal- 320, yong'oq -612,er yong'oq (araxis)-631, bodom-640, pista -638, fundux-765. energiyaga ega ekan.

Yong'oqda poli-to'yinmagan kislotasi bo'lib, oxirgi fikrlar bo'yicha aterosklerozni oldini olar ekan. Eng qizig'i Yong'oq oqsili go'sht oqsiliga tarkibi bo'yicha teng ekan bular orasida almashinishi qiyin bo'lgan aminokislotalar yetarli ekan, ko'proq lezin, vitamin C miqdori ham ko'p, pishgan Yong'oqda vitamin A ko'proqdir. Yong'oqlarda mineral va mikroelementlar , yod va rux mavjuddir. 20 ta yong'oq kishiga bir kunda kerak bo'lgan yog' o'rnini bosadi. Yong'oq mevasi po'stlog'i yaxshi qon to'xtatuvchidir, yosh yong'oq po'stlog'idan yuglon olinadi.

Yong'oqdan moy olinadi u teri kasalliklarida qo'llaniladi.

Yog' ta'siri:

- Operasiyadan keyin organizmni mustaxkamlaydi.

- Katta yoshli kishilarda ateroskleroz, yurak ishemik kasalida, diabet kasallarida kerak .

- Xronik gepatit, ichak soki yuqori bo'lganda, ichni yumshatishda gijjaga qarshi, buqoqda.

- Teri kasallarini, qayta shomollashini, tuzalmayotgan yaralarni davolashda.

- Sil (Tuberkulyoz) kasali.

- Psoriaz , ekzema,varikoz tomir, furunkulezda qo'llaniladi

- har xil konserogen moddalardan saqlash uchun

- Kosmetologiyada quruq terini muloyimlashda, hamda quyoshda qorayishni yaxshilashda

- Lak, sifatli sovun, bosmaxona rangi, tush olishda qo'llaniladi.

Yong'oqda katta miqdorda oqsil moddalar, A,V,S,E vitaminlar, temir, kobalt tuzlari va xokazolar bor. Gipo va avitaminozni davolash va oldini olishda, shamollashda, uyqusizlikda, qorin og'riganda qo'llaniladi.Kasallangan va xayotning og'ir sharoitlarida umumiy mustahkamlovchi moddalardir. Yong'oq kalloriyligi: 612kkal,oqsil(8-21%)-14,8g, yog'lar (45-77%)-64g, uglevodlar 13,7g, minerallar 1,9g, vitaminlar 2mg, vitamin B, 0,8mg, vitamin B2 0,5mg, vitamin B6 0,7mg,provitamin A. Pishmagan Yong'oqda vitamin C ko'p, varenega aylantiriladi.
Maqola nomi : Rakning davosi shunchalik osonmi?
Vaqti : 05.04.2014|22:25
Ko'rilgan : 2177
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 294/450
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика