UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kelajak tibbiyoti imkoniyatlarini kengaytira oladimi?

«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi.

O‘sha paytdagi kongressmenlardan biri Jorj Braun uni kengash a’zolariga tanishtirar ekan «Ro‘parangizda mo‘jizaning tirik isboti turibdi», dedi».

Xo‘sh, bunda gap qanday mo‘’jiza haqida bormoqda? Ma’lum bo‘lishicha, bu qizaloq irsiy kasallik bilan og‘rigan. 1990 yilning sentyabrida uni gen terapiyasi usuli bilan davolashni boshlashgan. Natijada oradan bir necha yil o‘tgach, Ashanti de Silva sog‘ayib, tengdoshlari qatori maktabga qatnab yuribdi. Aslini olganda, bu holatni mo‘’jiza deb atash ham u darajada to‘g‘ri emas. Negaki, endilikda shunday bir davr keldiki, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo, shuningdek, texnik va texnologik yutuqlar tufayli keng omma ko‘z o‘ngida kelajak zamonning tibbiyotiga asos solinyapti.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: gen injeneriyasi (muhandisligi) yoki terapiyasi nomini olgan tibbiyot ilmi aslida nima? Bunda gendan dori vositasi sifatida foydalaniladimi? Yoki zararlangan genni davolash nazarda tutiladimi? Umuman olganda, bu kabi ko‘plab savollar gen terapiyasi nomini olgan keng qamrovli va bir qarashda ulkan istiqbolli soha borasida fikr yuritganda tug‘ilishi tabiiy. Lekin yana bir jihatni unutmaslik darkor: kelajak davr tibbiyoti, deb yuritilayotgan gen terapiyasi ayni paytda insoniyat uchun katta xavf ham tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.

UMIDBAXSH MUVAFFAQIYATLAR

Ilmiy manbalarda yozilishicha, gen terapiyasi — bu gen muhandisligi (ya’ni biotexnologik) va tibbiy metodlar majmui bo‘lib, ular kasalliklarni davolash maqsadida inson hujayralaridagi gen tizimiga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘naltirilgan. Ushbu jadal rivojlanayotgan soha DNK tuzilishida kuzatilayotgan o‘zgarishlar, boshqacha qilib aytganda, mutatsiyalar tufayli yuzaga kelgan nuqsonlarni tuzatishga hamda hujayralarda yangicha ishlash funktsiyasini joriy etishga qaratilgan.

Gen terapiyasi «xomashyo»si sifatida bakteriya hujayrasi ko‘rsatiladi. Uni hosil qilish uchun zarur tashkiliy qismlar ma’lum bir belgilar asosida saralanadi, bunda eng muhimi, ular ma’lum birikma(aminokislota, antibiotik modda, gormon yoki organik kislotani)ni ishlab chiqish xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Hosil bo‘lgan genetik axborot tashuvchi zarralar aslida shaklan o‘zgargan virus yoki mikroblardir. Biroq ular aynan tashish funktsiyasidan kelib chiqqan holda ijobiy maqsadda qo‘llaniladi. Aniqrog‘i, zarralar yordamida organizmdagi hujayraning irsiy genetik tizimiga o‘zgartirish kiritiladi. Jarayonda olimlar yuzlab, minglab mikroblar orasidan ko‘zlangan maqsadga qarab eng maqbullarini ajratib oladi.

Soha tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, gen tuzilishini o‘rganish borasida erishilgan yutuqlar, qator irsiy kasalliklarni yuzaga keltiruvchi genlarni muvaffaqiyatli klonlashtirish, biotexnologiyalarning tez rivojlanishi 1989 yildayoq nazariy taxminlar hamda hayvonlar ustida tajriba o‘tkazish orqali irsiy kasalliklarni davolashni ilk marotaba amaliyotga joriy etishga zamin yaratdi.

Jarayonda ma’lum turdagi viruslar yordamida hujayra genomi(genlar to‘plami)ga yangicha genetik ma’lumotni muvaffaqiyatli kiritish imkoni tug‘ildi. Boisi, shu yo‘l bilan zarur hollarda zararlangan genlarni davolash yoki ularni yangicha funktsiyalar asosida ishlashga yo‘naltirish mumkin edi. Mutaxassislar davolashning bunday usulini ilmiy tilda somatik (jismoniy) hujayralar genini tuzatish yoki to‘g‘rilash, deb ham ta’riflaydi. Mazkur yo‘nalishdagi davolash usullari esa o‘tgan asrning 80-yillariga kelib hayotiy reallikka aylana boshladi. Aniqrog‘i, shu davrdan genetik ma’lumotni tashuvchi viruslar ishlab chiqildi, alohida genlarni hosil qilishning imkoni tug‘ildi, tajribalarda kemiruvchi va boshqa hayvonlar genlarini «ko‘chirish» odatiy holga aylandi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, agar dastavval gen terapiyasi faqat irsiy genetik kasalliklarni davolashga qaratilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda uning ko‘lami nazariy jihatdan kengayib bordi. Natijada bugunga kelib gen muhandisligi irsiy turdagidan tortib to infektsion kasalliklarni o‘ziga xos usulda davolashni nazarda tutadi.

HAMMASI BIRDAN YUZ BERMAGAN…

Tibbiyotda gen terapiyasi yo‘nalishi paydo bo‘lgach, ungacha davolash ancha murakkab bo‘lgan kasalliklarni ham muvaffaqiyatli muolaja qilish borasida fikrlar tug‘ila boshlagani rost. Hattoki, saraton, OITS, sil kabi qator kasalliklardan shifo topish mumkinligi borasida dadil fikrlar ilgari surildi. Ammo har ishda bo‘lgani kabi dastlabki amaliy natijalar kutilganidek bo‘lmadi, muvaffaqiyatlar boshidanoq olimlarni xushnud etmadi. Misol uchun, Vestern Reserv universiteti tadqiqotchilari tomonidan 1989 yili insonning klonlashtirilgan genlarini hujayralarga
Maqola nomi : Gen muhandisligi
Vaqti : 05.04.2014|22:23
Ko'rilgan : 4537
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 400/364
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :45 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика