UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Agar shifokor xatoga yo‘l qo‘ysa, majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashsa, uni Gippokrat qasamyodiga zid ravishda ish tutganlikda ayblashadi. Barcha xabardor bo‘lgan, ammo uning to‘liq mazmuni haqida ozchilik biladigan o‘sha mashhur qasamyod aslida qanday, uning paydo bo‘lish tarixi nima bilan bog‘liq? Umuman, antik davr ilm-fanining darg‘alaridan biri - Gippokrat nomi bilan ataladigan shifokorlar qasamyodi hozirda ham o‘z ta'sir kuchiga egami?
Moziyga nazar...
Ma'lumki, shifokor bo‘lishni istagan har bir inson Gippokrat qasamyodini qabul qiladi. Shu bois mutaxassis u yoki bu sabab tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortsa, bemorlar uning majburiyatlarini aynan shu ont orqali eslatishga urinadilar. Chunki ko‘pincha Gippokrat qasamyodi shifokorning insonlarga sadoqatli xizmati va uning insoniylik, xolislik, fidoyilik g‘oyalariga sodiqligi bilan uyg‘un holda tushuniladi.

Aslida shifokorlarning axloq me'yorlarini tartibga soluvchi qoidalar azal-azaldan mavjud bo‘lgan. Bizgacha yetib kelgan manbalarda (dentalrevue.org saytida keltirilishicha) Gippokrat qasamyodi miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tilining ioncha shevasida yozilgan. Mana shu yerdan qator davriy nomutanosibliklar boshlanadi. Umuman olganda, keng jamoatchilikda qasamyod shaxsan Gippokrat tomonidan yozilgan, degan qarashlar shakllangan. Lekin ko‘plab mutaxassislar qasamyod matni biroz kechroq - mutafakkir vafotidan so‘ng, miloddan avvalgi 356 yillardan keyingi davrda yozilgan, degan fikrda. Vaqt o‘tishi bilan u sayqallashib borgan. Ko‘p marotaba qayta ishlangan va tahrir qilingan matn ilk marotaba keng jamoatchilik uchun 1848 yilda Jenevada «Tibbiy burch» jurnalida chop etilgan. Ammo 2400 yil avval yozilgan Gippokrat qasamyodining asl nusxasi bizgacha yetib kelmagani rost.

Evtanaziya taqiqlangan
Hayoti davomida tibbiyot xodimlari bilan to‘qnash kelgan har qaysi odamning ko‘z o‘ngida shifokor yuqori malakali, shuningdek, mehribon va kuyunchak inson sifatida gavdalanadi. Bunda Gippokrat qasamyodining ma'lum ma'noda o‘rni bor. Shu o‘rinda ushbu qasamyodning (Medicinejournal. com saytidan olingan) lotin tilidan tarjimasini keltirib o‘tishni joiz topdik:

«Shifo beruvchi Appolon, Asklepiy, Gigey va Panatseya hamda barcha ilohlarni guvohlikka chaqirgan holda kuch-qudratim va aql-zakovatim yetganicha quyidagi qasamyod va yozma majburiyatni bajarishga - menga ta'lim bergan insonni ota-onam qatorida ko‘rib, borimni u bilan bo‘lishishga, muhtojligida unga ko‘maklashishga, uning avlodlarini og‘a-inilarim sifatida qabul qilishga, davolash san'atini o‘rganmoqchi bo‘lishsa, beminnat o‘rgatishga, tibbiyot ilmiga daxldor barcha pand-nasihatlar, og‘zaki darslar va boshqalarni tibbiy qonunlar qasamyodi hamda majburiyatini olgan o‘g‘illarim, ustozimning o‘g‘illari va shogirdlariga ma'lum qilishga (ulardan boshqa hech kimga aytmaslikka) ont ichaman.

Davolash usulini imkonim boricha bilimimga tayangan holda biron-bir ziyon va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymay, bemorlar manfaatiga qarataman.

Hech qachon o‘limga olib keluvchi dorini uni so‘ragan insonga bermayman, bunday niyatni amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatmayman. Pok va halol yashayman, davolash san'atimni ham xuddi shu yo‘l bilan amalga oshiraman.

Tosh kasalliklari aniqlangan bemorlarni hech qachon jarrohlik yo‘li bilan davolamay, mazkur ishni mutaxassisga qoldiraman.

Qaysi xonadonga kirib bormay, zararli, g‘arazli va nohaq niyatlarni emas, balki faqat bemor foydasini ko‘zlayman.

Davolash davomida, shuningdek, boshqa paytlarda ham inson hayotiga taalluqli va oshkor etilmasligi kerak bo‘lgan nimaniki ko‘rsam, eshitsam, ularni sir saqlayman.

Agar men qasamyodni buzmay amal qilsam, hayotim va davolash san'ati sohasida omad, odamlar orasida mashhurlik berilsin, yolg‘on ont ichib, so‘zidan qaytganlar esa buning aksiga mubtalo bo‘lsin»

Endi bugungi kun nuqtai nazaridan Gippokrat qasamyodini tahlil qilib ko‘raylik. «Hech qachon o‘limga olib keluvchi dorini uni so‘ragan insonga bermayman, bunday niyatni amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatmayman». Bu qoida bilan shifokorga aniq va ravshan qilib evtanaziya (bemor yoki uning yaqinlari ruxsati bilan uni hayot bilan bog‘lovchi apparatdan uzish) taqiqlanayotganini tushunish uchun tibbiyot sohasida chuqur bilimga ega bo‘lish talab etilmaydi. Aytish joizki, ushbu qarash bugun ham aksariyat davlatlarda yuksak qadrlanadi. Medicinejournal. com saytida keltirilishicha, Gollandiya, Belgiya va AQShning shtatlaridan biri - Oregonda rasmiy ravishda evtanaziya ruxsat etilgan. Demak, ba'zi hollarda shifokor o‘zi istamagan (hattoki bilmagan) holda Gippokrat qasamyodiga amal qila olmaydi. Tosh kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolamayman, deya qayd etilgan qasamyod bandida o‘sha davr qarashlariga ko‘ra ham har bir kasallikni o‘z mutaxassisi davolash lozimligini uqtiriladi. Zero, bilib-bilmay davolash yomon oqibatlarga
Maqola nomi : Shifokorlar qasamyodi hali ham amaldami?
Vaqti : 05.04.2014|22:20
Ko'rilgan : 2994
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 326/320
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :38 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика