UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Burun kovagi shilliq
qavatini yallig‘lanishi o‘tkir va
surunkali tumovga ajraladi.
O‘tkir tumov odatda tomoqning
qichishi, aksirish, burun achishi
hamda quruqshab qolishidan
boshlanadi. Ba`zan bosh og‘rig‘
bezovta qilib, darmonsizlik
paydo bo‘ladi. Keyin burun
balg‘amga to‘lib qoladi. U
dastab toza, so‘ngra shilimshiq
ko‘rinishga kelishini hamma
biladi, albatta. Shilliq qavat
shishgach, nafas olish
qiyinlashadi. Ba`zan tumov
burun bo‘shlig‘idagi o‘simta
kasalligiga olib kelishi mumkin.
O‘tkir tumovni shamollash,
infektsiya, allergiya keltirib
chiqarishi mumkin. Surunkali
tumovda burunning doimiy
oqishi kuzatiladi. Burunning
shilliq qavati kattalashadi yoki
ingichkalashib burun kovagi
balg‘am qotishmalari bilan
berkilib qolgach, nafas olish
qiyinlashadi. Agar balg‘am
chiriy boshlasa, qo‘lansa hidli
tumov boshanadi. Buni hid
bilmagani uchun bemorning
o‘zi bilmaydi. Surunkali tumov
sababchisi burun pardevorining
buzulishi hamda burun kovagini
kaallanishidir. Surunkali yiringi
tumovning o‘ziga xos belgisi
burun uchi qizarishi va qichishi
hisoblanib, ensa, chakkada
sanchiqli og‘riq paydo bo‘ladi.
kasallik bemorning ko‘z va
quloqlarida hamda uning ruhiy
holatida aks etadi. Surunkali
tumovga befarq qaramaslik
kerak. Darrov shifokorga
murojaat qilib, uni zudlik bilan
davolashga kirishish lozim.
Tumovni uy sharoitida
davolashda quyidagi usullar
ta`vsiya qilinadi. Tumov
boshlanishi bilan darrov
tovonga gorchichnik qo‘yib,
maxkam bog‘lab tashlang.
Keyin junli paypoq kiyib, uni iloji
boricha ko‘proq saqlash kerak
(odatta 1-2 soat)
Maqola nomi : Bu juda qiziq
Vaqti : 05.04.2014|22:18
Ko'rilgan : 3396
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 497/470
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :29 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика