UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yurak porogi deb, yurak klapanlari funksiyasining turg'un buzilishiga aytiladi. Bu buzilish yurakning organik o'zgarishi oqibatida ro'y beradi. Yurak porogi revmatik, skelerotik va sifilitik protsesslar natijasida paydo bo'ladi. Bunda qon aylanishi izdan chiqadi. Yurak porogi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi.
Tug'ma va orttirilgan yurak poroglari bir - biridan farq qiladi. Tug'ma yurak porogi embrional rivojlanish davrida homilaning noto'g'ri rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Orttirilgan yurak porogi esa turli kasalliklarda yurak klapanlari yoki kameralari to'siqlarining zararlanishi natijasida paydo bo'ladi. Orttirilgan yurak porogi ko'proq revmatizm, sepsis, zahm, ateroskleroz, shikastlanish natijasida vujudga keladi.
Maqola nomi : Yurak
Vaqti : 05.04.2014|22:16
Ko'rilgan : 5522
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 570/547
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :38 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика