UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Erta tongdan kechgacha to xtovsiz harakatda bo lamiz. Tanamiz tinmay harakatlanishi uchun energiya zaryadini yetkazib turuvchi ichki a zolarimiz ham to xtovsiz harakatda bo ladi, ammo ko pchiligimiz buni sezmaymiz. Obrazli qilib aytganda, tanamizdagi har bir a zoning o z ish vaqti mavjud. Kunduzgi harakatlanish jarayonida a zolarimiz qanday vazifalarni bajarishi haqida bilib oling!

Soat 6-00 da: Bu paytga kelib kishining qon bosimi ko tariladi, yurak odatdagidan tezroq ura boshlaydi, tomirlardan qon aylanishi yaxshilanadi. Shu paytda uyg ongan kishi kuni bo yi tetik yuradi.

Soat 7-00 da: Bu vaqtda inson tanasidagi barcha zararli narsalarga nisbatan immunitet oshadi, organizmda juda katta kuch paydo bo ladi. Bu paytda vujudimizda biror kasallikka moyillik tug ilgan taqdirda ham organizmda paydo bo ladigan immunitet tufayli ko p hollarda uni yengish ehtimoli kuchayadi. Shu sababli ham e rtalabki jismoniy mashqlar yordamida immunitetni yanada kuchartirish foydalidir.

Soat 8-00 da: Kishi uxlayotgan paytda jigar uning hayoti uchun o ta zarur bo lgan moddalarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga jigar organizmimizni turli zaharli moddalardan tozalangan bo ladi. Ertalab sut, qahva hamda mevali sharbat ichish foydali.
Soat 9-00 da: Bu paytda insondagi ruhiy faollik oshadi, og riqqa bo lgan sezgi kamayadi, yurak bor kuchi bilan ishlay boshlaydi. Shu sababli yaxshi narsalar haqida o ylash, xayrli ishlarga imkon izlash, rejalashtirish muhimdir.

Soat 10-00 da: Faollik yana ham kuchayadi. Bu paytda biz eng ajoyib jismoniy ko risnishda bo lamiz. Ushbu holat peshingacha davom etadi. Va qilinadigan har qanday ishga yaxshi ta sir ko rsatadi. Kimki mana shu vaqtni shunchaki suhbatlashish bilan o tkazsa, u xato qiladi, sababi bunday kuch manbaini keyin qayatrish qiyin. Bu vaqtda shartnomalar tuzish, qiyin ishlarga qo l urish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.

Soat 11-00 da: Bu vaqtda ham yurak bir maromda uraveradi va katta kuch talab etuvchi quvvat sarfi unchalik bilinmaydi. Ko pchilik soat 11 da tamaddi qilishni, ba zilar esa shunchaki sayrga chiqishni xush ko rishadi.
Soat 12-00 da: A zolarning kuchlari birlashadi. Olimlar bu vaqtda og ir ovqat yeyishni tavsiya etmaydilar. Yaxshisi ovqatlanishni bir soat keyinga surgan ma qul.

Soat 13-00 da: Jigar dam oladi. Qonga ko p miqdordagi glikogen kelib tushadi. Kunning birinchi faollik payti o tib, tanda charchoq seziladi. Hali ancha ishlar qilinishi kerakligiga qaramay, tana dam olishga ehtiyoj sezadi. Shu sababli ham bir oz televizor ko rish yoki radio eshitib dam olish lozim.

Soat 14-00 da: Inson o z tanasidagi kuchning sezilarli darajada kamayganini his etadi. Aynan mana shu soat kunning 24 soati ichidagi kuchning eng ko rsatkichi past payti hisoblanadi. Bunday paytda ko p yurgandan ko ra ishimizni o tirgan holatda bajarganimiz ma qul. Chunki kishi yurganida o tirganidan ko ra ko proq quvvat sarflaydi.
Soat 15-00 da: Bu paytda organism yanada tetiklashadi. Sezgi a zolari ayniqsa, ta mmaza, his qilish a zolar qattiq ishlaydi. Eslatib o tish lozimki, ovqatlanishni xush ko ruvchilar aynan mana shu paytda tanlaganlari ma qul. Organizmimiz yana odatiy holatiga tusha boshlaydi, tetiklashadi.

Soat 16-00 da: Qondagi qand moddasi osha boshlaydi. Ba zi shifkorlar mana shu paytni ovqatdan keyingi qandli diabet deb atashadi. Biroq, bu kasallik belgisi emas. Avvaliga oshib, so ngra yana me yoriga tushadi. Bu paytda qattiq jismoniy zo riqish, charchab yugurish kishini juda toliqtirishi mumkin.

Soat 17-00 da: Organizmda ishlab chiqarish kuchliligicha qoladi. Bu vaqtda sportchilar ikki barobar ortiqcha kuch bilan mashq qiladilar.
Soat 18-00 da: Insondagi jismoniy og riqqa bo lgan sezgi kamayadi. Ko proq harakat qilishga ehtiyoj tug iladi. Ruhiy tetiklik kamayib boradi.
Soat 19-00 da: Qon bosimi kuchayadi. Ruhiy tetiklik tushib ketadi. Bu paytda asablar taranglashib, arzimas sabablar bilan ziddiyatlarga borib qolish mumkin. Allergiyadan aziyat chekayotganlar uchun og ir soat, ularda bosh og rig I kuzatilishi mumkin. Shuning uchun asablarimizga dam berib, chuqur chuqur nafas olgan holda yaxshi narsalar haqida o ylab kunni davom ettirish lozim.Soat 20-00 da: Organizmdagi tezlik oshadi. Mashina haydovchilari ajoyib kayfiyatda bo lishadi, bu vaqtda avtohalokatlar juda kam bo ladi. Shunday bo lsa-da, avtomobil yo llarida ehtiyot bo lish tavsiya etiladi.

Soat 21-00 da: Ruhiy holat normallashadi. Aynan mana shu payt talablarga yoki aktyorlarga qo l keladi, chunki xotira yaxshilanib, mavzularni yodlash oson bo ladi. Kechki xotira yaxshilanib, ko p narsalarni yodda saqlab qolish mumkin. Shuning uchun bu vaqtda istalgancha ma lumotni eslab qolish imkoniyati bo ladi.

Soat 22-00 da: Oq qon tanachalari miqdori nihoyatda oshadi, tana harorati pasayadi. Bu vaqtda og ir va yog li ovqatlarni yeyish tavsiya etilmaydi.
Maqola nomi : Organizimni ish tartibini buzmang
Vaqti : 05.04.2014|22:16
Ko'rilgan : 2443
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 298/333
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :62 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика