UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Har bir yigitning kayfiyati, o'zini tutishi va qilmoqchi bo'gan ishlari juda juda ko'p hollarda sevgan qiziga bog'liq bo'ladi. Ikki sevishgan insonning hayoti deyarli har doim bir-biriga bog'liq bo'ladi. Bu esa munosabatlarning imkon qadar yaxshi va iliq bo'lishi shart ekanligini anglatadi.
Har yerda muvozanat bor. Sevishganlar munosabatining davomiy bo'lishida juda ko'p narsalarning o'zaro munosabati o'ta muhim rol o'ynaydi. Shu jumladan, ikki kishi o'rtasidagi sir ham (garchi shu ikki kishi bir-birlariga qanchalik yaqin bo'lishmasin) munosabatning qay yo'sinda davom etishiga ta'sir ko'rsatadi. Qizlarning o'z sirlari bor. Bu sirlar keragidan ortiq darajada ko'p deyish ham to'g'ri bo'ladi. Shu qatorda, yigitlarda ham o'z sevgan insonlaridan sir saqlashalari kerak bo'lgan ba'zi narsalar bo'lishi kerak.
Quyida har bir yigit o'z sevgan qizidan har doim sir saqlashi kerak bo'lgan 10 ta eng muhim narsalar ro'yxatini keltirib o'taman. Ro'yxatni oddiydan eng muhimigacha, ya'ni10-darajali sirdan 1-darajali sirgacha keltirib o'taman:

10. Boshqa qizlarga e'tibor.
To'g'ri, Siz o'z sevgilingizga sodiqsiz, undan boshqasiga qayrilib ham qaramaysiz. Lekin bu gaplar faqat sevgan qizingizga aytiladi, holos. Birinchidan, agar rostdan ham Siz kimnidir sevsangiz, boshqasiga e'tibor qilmaysiz. Ikkinchidan, agar e'tibor qilgudek bo'lsangiz ham bu narsani sevgan qizingiz hech qachon sezmasligi kerak. U bilan yurganingizda u o'zini Sizning e'tiboringiz tufayli shu ko'chada yoki hiyobonda yurgan bitta-yu bitta qiz deb tasavvur qilsin. Bilib qo'ying, qanday e'tibor ko'rsatsangiz, shunga yarasha javob olasiz!

9. Pulingiz qayerga sarflanayapti.
Pul hech qachon sevgi bilan aralashtirilmasligi kerak. Shunday ekan, sevgan qizingiz hech qachon Sizning xarajatlaringiz, pulingiz nimalarga sarflanayotganligi, xarajat va foydangiz haqida bilmasligi kerak. Bunaqa xavfli axborotning sevgan qizingiz ongida joylashishi kelajakda o'zingizga qiyinchilik olib kelishi mumkin. Chunki pulingiz ko'p bo'lgan vaqtda ko'p sarf-xarajat bo'lishi yoki aksincha, puldan qiynalib turgan paytda noqulay vaziyatga tushib qolmasligingiz uchun sevgan qizingiz cho'ntagingiz ahvoli haqida bilmagani ma'qul.

8. Ota-onangiz moddiy yordamiga suyanishingiz.
Yigit kishi har doim mustaqil bo'lgani yaxshi. To'g'ri ota-onalarimiz bizga yordam berishadi. Ularning yordam berishi biz o'sha narsani o'zimiz qila olmasligimiz uchun emas, shunchaki ular o'z farzandlariga g'amxo'rlik qilishni istashlaridandir. Shuning uchun kuni kelib Siz ota-onangizdan qandaydir moddiy yordam yoki biror narsa olishingiz mumkin. Bu narsani sevgan qizingiz hech qachon bilmasligi kerak. Agar bilib qolsa, Sizning yigitlik obro'ingizga ham, uning Siz haqingizdagi ishonchiga ham putur yetishi mumkin.

7. Ojizligingiz va qo'rquvlaringiz.
Sevgan qizingiz hech qachon Sizning ojiz, kuchsiz tomoningizdan xabardor bo'lmasligi kerak. Hech qachon sevgan qizingizga nimalardan qo'rqishingiz, nimalarni qila olmasligingiz va qaysi holatlarda oqsashingiz haqida gapirmang.

6. Qo'pol so'zlaringiz, so'kinishlaringiz.
6-o'rindagi muhim bu sirga ta'rif yozmasam ham bo'ladi. Qo'pol so'zlar nafaqat sevgan qizingizni, balki boshqalarni ham Sizdan tez sovutadi, ularning yaxshi munosabatlarini yomonlashtiradi. Bilamiz, Siz zo'rsiz, Siz o'ta qo'pol so'zlarni ishlata olasiz, Siz juda ko'p so'kinish so'zlar bilasiz. Lekin bu qobiliyatingizni sevgan qizingiz oldida namoish etmang! Agar, u qiz oldada xurmatin yo'qolmasin desangiz, albatta...

5. Do'stlaringiz va tanishlaringizning yomon odatlari.
Siz ko'chada ko'p vaqtingizni do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringiz davrasida o'tkazasiz - buni axmoq ham biladi. Ularning yomon odatlarini Siz ham ular bilan birga bo'lgan paytda qilishingiz hech gap emas. Shuning uchun do'st-tanishlaringizning yomon odatlari haqida sevgan qizingiz bilmasligi kerak. Agar qizingiz Siz birga ishlaydigan kishilar tushlik payti sigaret chekib o'tirishi, aroq ichishi, yomon mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini bilib qolsa, demak Siz ham ular bilan birga bo'lgan paytlaringizda huddi shu ishlar bilan shug'ullanishingiz mumkin, degan shubhaga boradi.

4. Sevgan qizingizning oila a'zolari haqida yomon shubha yoki fikrlaringiz.
Dunyoda mukammal inson yo'q. Hamma ham xato qiladi, hammada ham kamchilik bor. Agar Sizga sevgan qizingiz oila a'zolaridan biror kishi yoki shu kishining qilayotgan ishi yoqmasa, imkon qadar bu haqda sevgan qizingizga gapirmang. Unutmang, Sizga yoqmayotgan kishi sevgan qizingizning eng yaxshi ko'rgan kishisi bo'lishi mumkin!

3. O'tmishdagi ma'shuqalaringiz.
Sevgan qizingiz yoningizda. U Sizning yagona muhabbatingiz! Lekin uni topguncha bo'lgan vaqtda Siz boshqa qizlar bilan tanishgan, ular bilan ishqiy munosabatda bo'lgan bo'lishingiz mumkin. Agar Sizga yoningizdagi sevgan qizingiz mehri kerak bo'lsa, o'tmishdagi birga yurgan, yoki Siz yoqtirgan qizlaringiz haqida unga gapirmang!

2. Sevgan qizingizdan avval yoqtirib yurgan, yoki birga bo'lgan
Maqola nomi : YIGITLAR UCHUN.!!
Vaqti : 27.05.2014|21:41
Ko'rilgan : 3390
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 339/293
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :38 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика