UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun`iy nur bizning ko`zimizga zararli ta`sir etadi. Televizor, kompyuter oldida ko`p vaqtini o`tkazadigan kishilarga fransuz oftalmologi Marsel Menu o`z tavsiyalarini bermoqda.
Aniqlanishicha ichki his tuyg`ular ham ko`rish faoliyatimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmas ekan. Ruhiy ta`sir qilish orqali ham ko`rishimizni biroz yaxshilash mumkin. Masalan, " Men juda yaxshi ko`ryapman" , deb o`ylashning o`zi ham bu faoliyatni ma`lum darajada kuchaytiradi. Uzoqni ko`ra olmaslik sababi ko`p hollarda bolalikdagi ruhiy buzilish bo`lishi aniqlangan.
Ruhiy ta`sirlar ko`z mushaklariga ta`sir o`tkazadi. " Bundan qanday qutulish mumkin?" , deb o`ylayotgan bo`lsangiz, bu qiyin va o`z navbatida amalga oshirib bo`ladigan ishdir. Amerikalik oftalmolog Beytsning aytishicha, uning patsiyent (mijoz)larining asosiy qismi ko`z mushaklarining ruhiy ta`sirlanishi bilan kasallangan. U kun davomida bir necha bora ko`zlarni kaft bilan yopib, mashq qilishni tavsiya qilgan. Chunki, kaft markazi qorachiq markazi qarshisida joylashgan.
Televizor yoki kompyuter qarshisda uzoq vaqt o`tkazadigan kishining ko`zlari uzluksiz nurlardan charchaydi. Odatda, biz ko`zlarimizni bir daqiqada 20 martagacha ochib-yopamiz. Bunda ko`zlar ko`z yoshi bilan namlanib, shox parda namligi saqlanib turadi. Ekranga qarab o`tirganda ko`zni ochib-yopish deyarli uch barobar kam bo`ladi va ko`zimiz " qurib" qoladi. Keyin esa qichishish hissi paydo bo`ladi.
Bu holatda eng yaxshi yordam beradigan narsa - ko`zlarni sun`iy namlashdir. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
- 30 soniya ko`zingizni tez-tez ochib, yoping. Shuncha vaqt oldinga qarab turing. Bu amalni uch bora takrorlang.
- Ko`zingizni yuming va ko`z olmasini chap-yuqori-o`ng-pastga yo`nalishida to`rt marotaba harakatlantiring.
- Ko`zingizni yuming va pastga-yuqoriga harakatlantiring. Bu mashqni 8 marta bajaring.
- Ko`zni qattiq yoping va zudlik bilan oching. Bu hoaltni besh marta takrorlang.
Kompyuter ekrani ko`z kasalliklarini qo`zg`atmaydi. Lekin, u ko`zdagi kichik defektlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Yaqinni ko`ra olmaydigan, astigmatizm bilan og`rigan kishilar, uzoqni ko`ra olmaydigan kishilarga nisbatan kompyuter oldida tez toliqishadi. Ularda ko`zining tez charchashining sababi ikki hil xarakterga ega ko`z olmalarini bir nuqtaga jamlash uchun ko`proq energiya sarflashdir.
Ko`zlarni moslashtirish jarayonida bosh og`rishi kuzatilishi ham mumkin. Kompyuterda 3-4 soat ishlagandan so`ng, ko`zlarga dam berish kerak. Kompyuter turgan xona juda yorug` yoki aksincha, qorong`u bo`lmasligi lozim. Yorug`lik manbai ekranga soya tushadigan bo`lmasin. Ko`zingizga qo`l ostingizdagi narsalar bilan yordam bering.
Ko`zga tinchlantiruvchi va tozalovchi kompress:
Kartoshkani parrak qilib kesing va ular yordamida qovoqlaringizni berkiting. barcha narsalarni unutib, besh daqiqa dam oling. So`ng kartoshkani olib tashlashingiz mumkin.
Ko`z charchashini kamaytirish usuli:
Ko`zingizni bir necha marta sovuq suv bilan chayqab tashlang. Qovoqlarni barmoqlar yordamida bosing, bir necha daqiqa shunday o`tiring. Bu vaqtda hech narsa haqida o`ylamaslikka harakat qiling.
Tozalovchi kompress:
Har kuni achchiq choy bilan ko`zlarni yuvish yaxshi foyda beradi. Bunda ko`z nafaqat dam oladi, balki, u yorqinlashadi hamda ajinlar kamayadi.
Vitaminlar ham sizning ko`zingizga yaxshi foyda beradi. Birnchi navbatda ko`z uchun A vitamin zarur. Uning yetishmovchiligi ko`zlarning tez charchashiga sabab bo`ladi. Ertalab qovoqlarning shishganligi aynan shu vitamin yetishmovchiligini ilk belgilaridan sanaladi. Bu vitamin sut mahsulotlari, tuxum, jigar va baliq yog`ida ko`p miqdorda bo`ladi.
Agar ko`zingiz quruq va ta`sirchan bo`lib qolgan bo`lsa, sizga B guruh vitaminlari yetishmayotganligi haqida o`ylash mumkin. Bu vitaminlar qo`ziqorinlar, dukkakli mahsulotlar, banan, sabzida ko`p bo`ladi.
Sitrus mevalar, qora smorodina, kartoshka, petrushkada ko`p bo`ladigan S vitamini sababli ko`z mushaklari harakatchanligi ta`minlanadi va erta qarishining oldi olinadi.
Tekshiruvlardan ma`lum bo`lishicha, katarakta va ko`z mushaklarining qarilik degradatsiyasi (ko`z mushaklari quvvatsizligi) ni S, E vitaminlari, antioksidantlar, seleln, magniy, ruxga boy mahsulotlar iste`moli orqali kamaytirish mumkin.
Albatta, faqatgina vitaminlar yordamida ko`zni to`liq davolab bo`lmaydi. Shu bilan bir qatorda hayot tarzini yaxshilashga ham e`tibor berish kerak. Ko`zning eng katta " dushmani" qatorini - chekish, tik tushgan quyosh nurlari, kam uyqu, tananing suvsizlanishi tashkil qiladi. Aynan shu narsalarga e`tibor ham ko`zlaringizni charog`onligini ta`minlaydi.
Maqola nomi : Ko'zlaringizni asrang
Vaqti : 27.05.2014|21:23
Ko'rilgan : 2422
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 259/227
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :114 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика