UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Maktab vaqtlari, Laylo ismli sinfdoshini sevib qolgan Bahrom, uncha-munchaga sir-boy bermasdi. Sevishini ham, pinhona yuragida asrardi. Laylo ham, Bahromga befarq emas edi. 9-sinf ... Bitiruv o'quv yili. 25-mayda qo'ng'iroq chalingach, bitiruv imtihonlari boshlanib ketdi. Laylo, imtihon varaqalarida Bahromga ko'maklashib turardi. U, juda chiroyli qiz bo'lgani uchun, ko'plab yigitlar unga oshiq edi. Bahrom va Layloni birga ko'rishsa, Layloni rashk qilishib, yo'q joydan Bahrom bilan janjal chiqarishardi va u bilan urushishardi. Ulardan ham oshib tushadigan bir bezori, aniqroq aytganda, sinfning eng passiv va tarbiyasiz o'quvchisi Bekzod ismli bir bola bo'lar edi. Qiladigan ishi yo'q-ki birov ozor chekmasa. Har bir ishida ko'ngil xiralik... Imtihon paytlarida, Layloni Bahrom bilan fikr-mulohaza almashayotganini ko'rgan Bekzod, alamidan Bahromni yanchib tashlagudek g'azablandi. Chunki u ham sinfdoshi Layloni sevardi... 17-iyun, kechki soat 20:10 lar... Bitiruvchilar uchun so'ngi manzil kuni. Bitiruv oqshomini tashkil etgan sinfdoshlar shu kuni yig'ilishib, bir umrga muhrlanib qoladigan onlarni tantana qilishardi.
- Ooo Laylo, ochilib ketibsanmi ? Shundog'am go'zalliginga tan berardim. Hozir umuman tan berdim-ey... - dedi Bekzod, Layloni yo'lini to'sib. Laylo esa, hechnarsa demay, o'tib ketmoqchi bo'ldi. Ammo yo'lini to'sib turganini ko'rib, - Qoch yo'limdan ! - deb buyurdi. Garchi sinfdosh bo'lishsa-da, Laylo uni qanaqa inson ekanligini bilardi.
- Ha Laylo-xon, namuncha nervinnisan ? A-bugun bayram bo'lsa. Rahmat ham demading. Atak maqtash ham emas, to'g'risini aytuvdim. Ha mayli. Agar vaqting bo'lsa, senga ozmuncha gaplarim bor edi...
- Yo'q ! Vaqtim yo'q ! O'tkazib yubor meni !
- O'tkazmasam nima bo'ladi ? Anavi so'tak Bahromga aytasanmi ? Ozgina meni eshit. Keyin ketaverasan.
- Og'zinga qarab gapir ! Bahrom akamga til tegkizma !
- Voy-yyey, "Bahrom akam" mish. Zo'r eshitilar ekan-a ? "Bah-rom a-kam". Vuhahahahaha. Qo'rqitib yubording-ku. Qayerdagi so'takni akam deyapsanmi Laylo ? Mana men senga akadan ham yaqinroq bo'laman-da. Bugun ikkimizni kunimiz.
- Senga hali mazah bo'ldimmi ? Sen, o'zingdaqalarga yaqinsan, tushundingmi ? - Laylo shu so'zlarni aytar ekan, uni durtib o'tib ketdi. Bu orada ro'paradan Bahrom kelib qoldi. Layloni Bekzod tomondan yig'lab kelayotganini ko'rib, - Nima bo'ldi Laylo ? Kim xafa qildi ? - deb so'radi. Ammo Laylo gapirmay, darvozadan yig'lab chiqib ketdi. G'azablangan Bahrom, u tomon yaqinlasha boshladi.
- Layloga nima deding pastkash ?
- Tushunmadim ? Senga nima tentak ?! E, karochi surgin buyerdan so'tak. Ooo, qofiyani ham o'xshatib urdim-u, hahahahaha...
Bu gapga chiday olmagan Bahrom, unga kuchli musht tushurdi.
- Odammisan o'zing ? Bugun qanaqa kun ekanini bilasan-ku ! Hech bo'lmasa shu kun birovni dilini xira qilmasang bo'lardi. Shu kungacha indamay keldim. Aql kirar senga ham, har holda sinfdoshmiz deb o'ylagandim. Yo'q, sen unday bo'lmading. Bilib qo'y, men Layloni sevaman ! O'quv paytlari bo'lgani uchun, buni hechkimga bildirmas edim. Endi hamma bilsa ham mayli. Menga qara, agar unga yana bir bor yaqinlashganingni ko'rsam yoki eshitsam, manashu ikki oyog'ingni urib sindiraman ! Shu kungacha ko'pchilikni ko'nglini qoldirib kelding. Sendaqalarga bitiruv oqshomida qatnashishni o'zi hayf ! - deb, Bahrom uni urishda davom etdi. To'z-to'polonni ko'rib, boshqalar yetib kelishdi va Bahromni ushlab qolishdi.
- Bahrom ! Tinchlan o'rto ! Esingni yedingmi ? Hozir o'ldirib qo'yasan-ku ! Bugun bayramimiz bo'lsa. Qo'y, buni a'zaga aylantirma ! O'zingni bos, - deb Bahromni o'rtog'lari tinchlantirishga urunishdi.
- Qo'yvoringlar meni ! Esimni yeganim yo'q. Lekin manabu pastkashga bu ham kam ! Laylo qani ? Hozir bu, hammaning oldida Laylodan kechirim so'raydi ! Laylo, shuyerdamisan ? Laylo ?
- Bahrom, Laylo buyerda yo'q, ichkarida ham yo'q. Biz shuyerdadir deb o'ylagandik, - dedi sinfdoshlardan biri. Bahrom, oxirgi bor Layloni darvozadan tashqariga chiqib ketganida ko'rganini esladi va xavotirlanib o'qdek xonadan chiqib ketdi. Asvalt yo'lga chiqib, uni qidira boshladi... Biroz oldinroq yurib, yo'l chekkasida odamlar gavjumligini ko'rdi va o'sha tomon yaqinlasha boshladi. Atrofta, bir mashinaning ayrim yerlari zararlangani, militsiya, odamlarning g'ala-g'ovuri... Tobora ularga yaqinlashar ekan, Bahromning yuragi tez ura boshladi.
- Kechirasiz, tinchlikmi ? Buyerda nima bo'ldi ? - gavjumlashgan odamlarning biridan so'radi Bahrom.
- Eh so'ramang, to'qnashuv yuz berdi. Anavi Neksiya haydovchisi, bir yoshgina qizni urib yubordi. Xayolga tolibmi bilmadim, mashina yo'liga chiqib qoldi. Essiz, yoshgina qiz edi...
- Ki-ki-kiyimlari qanaqa rangda ekanini ee-eslay olasizmi ? - qo'rquvga tushgan Bahrom, zo'rg'a tili aylanib gapirdi.
- Kiyimlari, och-qizil ranglardan iborat edi-yov.
Nafasi ortga tortgan Bahrom, u qiz Laylo ekaniga amin bo'ldi. Chunki, Laylo och-qizil rangni yoqtirardi. Bitiruv kechasiga ham, aynan shu rangli kiyimda kelgan edi. Avtohalokat
Maqola nomi : Laylo, shunday qismatga loyiqmidi ? (Bitiruv oqshomida yuz bergan ko'ngilsizlik)
Vaqti : 27.05.2014|21:15
Ko'rilgan : 4685
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 246/189
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :46 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика