UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hammasi ertaklardagi kabi juda yahshi edi. Ikki sevishgan: sevish,sevilish degan his tuyg'uni totib ko'rishgandi.Bir birlarisiz hech turisholmasdi. Kechayu kunduz birga bo'lishga intilishardi. Oy nurlari ostida maroqli suhbat qurishgani qurishgandi.Bir birlarini yeru ko'kka ishonishmasdi, orzulari misli ummondek cheksiz edi. Har kuni tunda chinor ostiga kelishib, yangi chiqqan oyga qarab niyat qilishardi. Go'yoki bu dunyoda ulardan bahtli inson yo'q edi. Bir birlarini ortiqcha gap so'zsiz, urush janjalsiz tushunishardi. Uhlamasdan tongacha gaplashishardi.Tong otgach yana eski odat ila bir birlarini ko'rish ilinjida o'sha bekatga oshiqishardi. Bola har doim birinchi bekatga kelar, qiz ham yigit tomon asta jilmayib, yangi kuniga quvonch hadya qilish niyatida kelardi. Yana eski odatiy kun ila sayohat qilishib kechgacha aylanishardi. To'ylari borasida Shirin suhbat qurishardi,ba'zida hazil qilib urushib tortishishardi. Hayollarida bo'lajak jajjigina farzandlari bilan birga bo'lishlarini juda ham ko'p o'ylashardi. 2 sevishgan bahtli oyila bo'lishga juda ham ishonishardi. Bu sevgilariga hamma havas ko'zi bilan boqishardi. Oradan ancha kunlar kunlar ketidan oylar o'tdi. Nima bo'ldiyu ularni sevgilariga ko'z tegdi. Bolami yoki qizmi juda o'zgarib qoldi. 1 kunda emas bir haftada uchrashadigan bo'lishdi. Oldingiday orzular haqida suhbat qurushmay qo'yishdi. Qiz borgan sari o'zini yigitdan olib qochadigan bo'lib qoldi. Bola esa juda hayron bo'lib qolgandi. Ular uyiga ketishdi. Qiz endi umuman uchrashuvga kelmay qo'ydi. Bola esa qizga qo'ngiroq qilar, qizni telefoni esa o'chiq edi. Bolani har hil mingta o'ylar fikrlar qiynay boshladi. Iloji yo'q qizni honadoniga bordi. Ne ko'z bilan ko'rsinki Qiz oyilasi bilan u honadondan ko'chib ketgan edi. Qo'shnilaridan surishtirdi. Lek aniq javob ololmadi. Bola Juda tushkun vaziyatga tushib qoldi. Uyiga qaytib kelib ozgina dam olishga tushdi. Ertasi kuni bola ertalab o'rnidan turdida ming umidlar ila yana o'sha bekatga oshiqdi. 30 minutlar chamasi bola bekatga yetib bordi. Oradan sal vaqt o'tib va nihoyat qiz ham yetib keldi. Lekin qiz yolg'iz emasdi uni yonida bir bo'y basti kelishgan bola ham bor edi, bola qizni nozikgina qo'llaridan ushlab turardi! U ham maylikuya o'sha qizni oldida turgan bola qizdan bo'sa ola boshladi! Qiz esam bolaga beparvo emasdi! Buni ko'rib bola juda qattiq sho'k holatga tushdi. To'g'risi qizdan buni kutmagandi-da!!! Bola turgan joyida qotib qotib qoldi. Biroz vaqtdan keyin o'ziga kelib qizni astalik bilan uyigacha kuzatib bordi. Qiz Bir mahallaga kirdi. Qizni ma'shuqasi kuzatib qo'ydi. Va qizni uyini narirog'ida qoldirdi. Ma'shuqasi ketdi. So'ng haligi bola qizni ortidan borib nimaga unday qilganini bilmoqchi bo'ldi! Qizni oldiga kelib so'radi va lekin qiz:
- Men siz bilan shunchaki bir havasga yurgan edim. Sizni umuman sevmaganman. Hamma va'dalarim yolg'on. Endi meni tinch qo'ying!
- Nimalar deyapsan ahir! Nega meni aldading?? Nega o'shanda menga ochig'roq qilib aytmading?
-Endi u narsalarga kelsam men sizni boyligizga, shon shuhratizga uchganman. Sizi sevgizga uchmaganman. Bo'ldi bas endi meni hayotimdan keting! Meni unuting!
Qiz shu so'zlarni ayttiyu bolani turtib uyiga kirib ketdi. Bolaga bu gaplar juda qattiq og'ir botdi. Ko'zidan yosh to'htamasdi. Bola kechka yaqin ichib uyiga arang ahvolda kirib keldi. Uyiga kirishi bilan onasi bolani bunday ahvolda ko'rishi bilan o'zini yo'qotib qo'ydi, sababi hech qachon bola uyga mast holatda kelmagandi. Boladan so'ray boshladi nega bunday ahvolda ekanini tushuntirishini! Lekin bola onani gapiga be'parvo holda uyiga kirib ketdi. Bola tunning qoq yarmigacha yig'lab uhlab qoldi. Tong yorishdi soat 7:00. Bola o'rnidan turib o'zini o'zi koyiy boshladi: "Qachongacha shunday yuraman?? Bu ahvolimdan nima naf?? O'zimi qiynaganim qolyapti halos. O'zimni o'zim o'ylamasam boshqa kim o'ylidi?? Ahir aytishadiku oyning15 qorong'u 15 yorug' deb. Umidsizlanmasligim kerak!"
U shu tariqa nonushtani qilib ishga bordi. Ishlarini yahshiladi. O'zini eplay oldi. Oradan ancha vaqt otdi , oy o'tdi bola ancha yahshi edi. Bir kun ish honasiga bir qiz keldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, bir
go'zal pari kirib keldi.
Ravshanning oldiga ya'ni o'sha
bola yoniga ish yuzasida va
ishga joylashish kerakligini
aytdi. Ravshan esa qizni ko'rib
hayolparast, parishonhotir
bo'lib qolgandi. Ravshan umid
qilgan narsa bugun uning
huzuriga eshik qoqib kirib
kelgandi. U bilardi bir kun kelib
o'z malikasini uchratishini. U
orzu qilgan qiz ro'parasida
munchoq ko'zli qiz turardi. Bola
u qizni taklifini rad etgisi
kelmadi. Qizni ishga oldi, uning
ismi Zahro edi. Zahroning ishi
ham asta sekinlik bilan ko'rinib
borardi. Nihoyat, Zahro o'zini
ishda namuna sifatida ko'rsata
oldi. Oradan ancha kunlar,
kunlar ketidan oylar o'tib
borardi. Ravshan qizga
nisbatan iliq munosabatda
bo'la boshladi. Zahroga tobora
bog'lanib qolgandi, hayolida
uning farishtadek kulishlari,
so'zlashlari barq urib turardi.
Zahro
Maqola nomi : Shumidi ularning sevgi qissasi ???
Vaqti : 27.05.2014|21:13
Ko'rilgan : 3713
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 254/238
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика