UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Quloq og'riganda nima qilish kerak? Quloqni gugurt cho’pi, shpilka va boshqa vositalar bilan tozalash oqibatida quloqning tashqi tomoni yallig’lanishi (otit) vujuda kelishi mumkin. U ko’pincha chipqon ko’rinishida bo’ladi. Shamollash kasalliklarida quloqning o’rta qismi yallig’lanadi (o’rta otit deb ataladi). Tashqi otitda quloqda og’riq paydo bo’ladi. Quloq suprasi bosilganida og’riq kuchayadi, biroq ko’pincha harorat ko’tarilishi kuzatilmaydi. O’rta otitda esa eshitishning pasayishi, quloqning bitishi hissi, suyuqlik oqishi kuzatiladi. Odatda harorat ko’tariladi. Har qanday turdagi otitda agar vrach ko’rigiga borishning iloji bo’lmasa, quyidagi maslahatlardan foydalanishingiz mumkin: 1. Quloqqa 70%li bornaya kislota tomizish kerak. Tashqi otitda agar quloq teshigiga chipqon chiqqan bo’lsa, unga zelenka surtib quloqqa qizdiruvchi kompress qilinadi, u quruq issiq bilan ta’minlanishi lozim. Shuningdek, quloqning tashqi teshigiga 70%li spirtga bo’ktirilgan jgut tiqiladi. Kompress qilish uchun avval quloq chig’anog’I atrofiga vazelin yoki bolalar kremi surkaladi, so’ngra quloq atrofiga dokani yoki gazlama salfetkani aroqqa yoki spirtga bo’ktirib qo’yasiz, bunda quloq chig’anog’I va teshigi ochiq qolishi kerak. Buning uchun kompressga qo’yiladigan doka yoki gazlama salfetka o’rtasidan yumaloq teshik kesib qo’yiladi. Kompress qo’yilgach, u bint yoki leykoplastir bilan mahkamlanadi. Kompress har kuni 1-2 soatga qo’yiladi. Tunda kompress qo’yish tavsiya etilmaydi, biroq har kuni og’riq bosilgunicha qilib turiladi. 2. Quloqqa mikrobga qarshi vositalar (yodinal, furasilin va hk) 10 tomchidan tomizib turiladi. Bunda boshni qarama-qarshi tomonga egib turiladi. Besh daqiqa yotgach, tomchilarni singdiruvchi harakat qiling. 3. Agar o’rta otit boshlanayotganiga shubha paydo bo’lsa, burunni soda eritmasi bilan yuvib, so’ngra og’riyotgan quloq tomonidagi burun parragidan tumovga qarshi biror vosita (efedrin, naftizin, sanorin, galazolin) dan tomchi tomizing. Eritmaning tomog’ingizga tushganini payqaganingiz hamon boshingizni yonboshga - qulog’ingiz og’riyotgan tomonga eging va 2 daqiqacha yoting. Bu vaqtda tomchilarni singdiruvchi harakat qilish foydali. 4. Qaynagan suvda suyultirilgan asal bilan aralashtirilgan bargizub yoki yalpiz sokini quloqqa tomizilsa ham quloqdagi og’riq birmuncha tiklanadi. 5. Piyoz sokiga ho’llangan tampon qo’yilsa ham quloqdagi yallig’lanish jarayoni va og’riq to’xtashi mumkin. 6. Quloq yallig’lanishi boshlanayotganda, birinchi navbatda tashqi otitda qariqiz ildizining sokini eshitish teshigiga surkash ham foyda beradi. Bu sokni oldinroq qaymoqdek quyuqlashguncha pishirish kerak.
Maqola nomi : Agar qulog'ingiz og'risa
Vaqti : 05.04.2014|22:13
Ko'rilgan : 6994
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 470/488
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :49 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика