UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevib -sevilishni Alloh taolo har kimga ham nasib qilavermas ekan. Buni qarangki sevgini Olloh faqat uni qadriga yetgan va uning uchun kurashgan, har qanday to’siqqa qaramay uning uchun olg’a yura olgan insonlargagina nasib qilar ekan
Muhabbat bu. . . Bu so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan, faqat va faqat toza qalb bilan his qilish mumkin bo’lgan, xukmronlikka bo’ysinmaydigan va pulga sotilmaydigan yagona tuyg’udir. Aytishlaricha, u birdaniga insonni qalbini, vujudini va hoyilini egallab olar emish. Bu esa uni naqadar buyukligini isbotlab beradi. Inson sevib qolgach sevgan yorisiz hayot toxtab,unga qorong’u bo’lib ko’rina boshlaydi, betinim shamol uchurgan xazon kabi u yerdan bu yerga asta uchaveradi,murdadek tilsiz, qanoti singan qushdek umidsiz, sil kasaliga yo’liqqan bemordek madorsiz bo’lib qoladi. Axir sevgining ko’zi ko’r, qulog’i kar, og’zi soqov bo’ladi. U hech nimani eshitmaydi, ko’rmaydi, so’zlamaydi. Lekin u faqat u bir narsaning amriga quloq soladi, bo’ysunadi. U narsa faqat sevgining muaffaqiyati uchungina yashaydi. Bu inson tanasidagi QALBdir
Sevgining oldida shox ham,gado ham bir. Asar bir do’stimning muhabbati bilan bog’liq. Do’stim va sevgilisining muhabbati deb qanchadan-qancha inson azob chekdi. Muhabbat ko’chasiga kirib adashmaslikni har bir insonga nasib qilishini Tangridan so’rab qolaman. Bu bo’lib o’tgan hayotiy voqeada ishtirok etgan qahramonlarning hayoti kimlargadir saboq bo’lishini niyat qilib qog’ozga tushirishga qaror qildim. Zero, yaxshilik uchun qilingan har qanday ish Alloh nazdidadir.

Kuz. O’qish endigina boshlangan payt, har bir o’quvchi 3 oy davomida mazza qilib damolib, o’qish tomon intilgan mahal. Biz ham qolgan o’quvchilar kabi o’qishga shoshilvotgan edik. O’qish ham boshlanib ketti. Bizning o’qishga bizdan kichkina kursdagi o’quvchilar yeg’ilvotgani, ular ichida go’zal qizlar borligi hammamizni quvontirardi. Chunki ko’pchiligimiz deyarli hamma do’stlarim qizlar bilan muhabbat ko’chasiga kirmagan edik. To’gri hayot faqat qizlar bilan muhabbatdan iborat emas ammo bu savdo hammaning boshida bor. Sentabr oyida hamma bir birini ko’zlari bilan kuzatgan, bir biri bilan tanishmoqchi bo’lib yurgan, qanday qilib tanishishni bilolmayotgandi. Lekin muhabbat ko’chasiga kirib qolaman deb hech ham o’ylamagan do’stim o’zi bilmagan xolda bu ko’chaga kirib qoldi. Bu voqea quyidagicha yuz berdi: O’qish paytida bo’lib o’tadigan tadbirlar o’quvchilar yordamida amalga oshirilar edi. Sentabr oyi tugab borvotgan, 1-oktabr ya’ni mehribon o’qituvchilar kuni yaqinlashayotgan edi. Shu bois o’qishimizdagi o’quvchilar yeg’ilib o’qituvchilar bilan tadbirga birgalikda tayyorgarlik ko’rishmoqda edi. Buni qarangki taqdiri azal deb bekorga aytishmas ekan, taqdirdan qochib bo’lmasligi aniq ekan. Bu tadbirda do’stim men va do’stimning o’sha o’zi bilmagan maftunkor, o’jar, o’z bilganidan qolmaydigan muhabbati qatnashayotgan edik. Do’stim ham o’ziga yarasha qaysar, u ham o’z bilganidan qolmaydigan, yigit kishini ko’rki- kamtar va g’ururli edi. Aqilga sig’maydi bu ikki inson ham bir xil xarakterga ega. Ikkalovi o’jar bo’lganligigami, bularning sevgisi boshqalanikidan ajralib turardi. Psixologlarning fikricha agar ikki sevishgan inson turli xil xarakterga ega bo’lsagina ular uzoq va baxtli yashashar ekan. Chunki yigitning kamchiligini qiz, qizning kamchiligini yigit to’ldfirar emish. Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu ikki sevishgan bir xil xarakterga ega bo’lsa xam ulardan baxtliroq inson yo’q edi. Keling endi o’sha ularni birlashtirgan tadbirga qaytsak. Tadbir paytida ular bir birlariga ko’p martta qarashar, qiz uyalganidan ko’zini ob qochar, do’stim esa bunga befarq edi. Tadbir tugagach bir qo’ng’iroq tufayli do’stim bilan o’sha qiz do’stlashib ketishdi. Buni qarangki men telefon topolmay o’sha qizning telefonidan do’stimga qo’ng’iroq qilgan edim, azgina vaqt o’tgach u ham meni qidirib aynan shu raqamga meni so’rab telefon qilib o’sha qiz bilan tanishib ketgan ekan. Ularning do’stlashishiga qaysidir ma’noda men sababchi bo’ldim. Agar men bo’lmaganimda balkim bular gaplashmasmidi? Bilmadim! Oktabr oyi boshlandi. O’qish davom etayotgan edi. O’sha qizning ismi Diyora, do’stimning ismi esa Kamronbek edi. Kamronbek bilan Diyora telefon orqali aloqa qilib bir birlarining xolidan xabar olib turishardi. Kun sayin ularning do’stligi kuchayib borardi. Qiz bilan yigitning o’rtasida hech qanaqa do’stlik bo’lishi mumkun emas deganlari haqiqat ekan. Chunki ularning do’stligi ham uzoqqa cho’zilmadi. Kamronbek do’stim juda ham qizg’anchiq, rashqchi bo’lganligi sabablimi u ortiq kuta olmadi. Balkim shu ularning do’stligiga nuqta qo’yib yangi tuyg’u ya’ni muhabbatni shu ikki insonning qalbida paydo bo’lishiga sababchi bo’lgandir. Do’stim menga nima bo’lsa bo’ldi Diyora mening
Maqola nomi : Fojiyaga aylangan sevgi...
Vaqti : 27.05.2014|21:10
Ko'rilgan : 3342
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 258/253
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :16 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика