UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ertalab choy ichib o’tirgandim ayolim kelib yonimga o’tirdi. Piyolaga choy quyib uzatarkan, asta gap
boshladi: - Dadasi, bugun siz boshqa bir ayolni kechki ovqatga taklif qilishingizni istayman....Chaynab
turgan nonim tiqilib qoldi. -Tinchlikmi onasi, qanaqa ayol bilan kechki ovqatga boraman, ko’rganlar
nima deydi, esingni yedingmi?- dedim o’zimni o’nglab... - Man sizni qattiq sevaman, hammadan
qizg’onaman, lekin aniq bilamanki u ayol sizni mandanda ortiq sevadi, va siz bilan bir soniya bo’lsada
birga suhbat qurib, diydoringizga to’yishni istaydi, bu inson sizni onangiz,- dedi ayolim....
Chuquro’yga tolib qoldim....
"Mana 19 yildirki onam dadamsiz, birgina ukam bilan qishloqda yashaydi. Uchta bola va
ayolimni yaxshi kiyintirib yaxshi boqaman deb, biror marta tuzukroq onamga e'tibor
bermabman...o’leeeee o’g’il bo’lmay, tur o’rningdan", deya o’zimni o’zim koyib o’rnimdan turdim.
Telefonimni olib onamga qo’ng’iroq qildim. Trubkani ko’tariboq, "tinchlikmi bolam, nima bo’ldi, buncha
barvaqt telefon qilding", deb qoldilar. - Onajon, xavotirlanmang, nega faqat yomon narsa bo’lishi
kerakmi saharlab qo’nqiroq qilishim uchun, sizni sog’indim, -dedim nafasim qisilib... Onam
quloqlariga ishonmadilar shekilli, chunki bu gapni ancha yillardan beri birinchi marta aytishim edi...-
Bolam gaplaring yoqmayabdi, xuddi o’limidan oldin vasiyat qiladiganlarga o’xshab gapirma, nima
bo’ldi?-deya yana so’radilar. -hech narsamas onajon, maylimi bugun kechga sizni biror restoranga kechki
ovqatga taklif qilsam, ikkalamiz shu oqshomni birga o’tkazsak?...
Bir oz jim qoldilarda, "Jon jon deyman bolam"- dedilarda, piqillab yig’lab yubordilar. Kechga mashinamni minib onamni uyi tomon ketarkanman, xuddi uzoq kutgan sevgilisi bilan uchrashuv oldidan hayajonga tushib qoladigan oshiqdek, balki undan ham battar holga tushib yuragim tez ura boshladi...Yetib kelib to’xtaganimda, havo sovuq bo’lishiga qaramay, onam darvoza oldida kutib turardilar. - Onajon, nega chiqib oldingiz, kelib o’zim olib chiqardim, sovuqda muzlabsizu...Onam kelib peshonamdan o’pib so’rashdilarda, "bolam yuragim toqatqilmay chiqib oldim"...Onam xuddi uchrashuvga chiqqandek yasanib olganlar...Xolatlarini ko’rib damkulgim kelardi, dam o’zimni yomon ko’rardim, "nega shu paytgacha onangni bir marta bo’lsada shundayxursand qilmading", deb...
Mashinaga o’tirar ekanlar, "dugonalarimga bugun o’g’lim mani restoranga
taklif qildi desam, hammasi manga havaslari keldi", -dedilar...Shahar markazidagi shinamgina
restoranga kirdik. Kirar ekanmiz, onam qo’limdan ushlab olib, viqor bilan, xuddi shaharni birinchi
raqamli xonimidek yurib borardilar...ko’zlaridagi quvonchni yashirishni imkoni yo’q edi...Stolga o’tirar
ekanmiz, menyuni olib o’qidim. Onam ancha ko’zdan qolibdilar, faqat katta harflarni ko’ra oldilar
xolos...- Sen bolaligingda o’qishni bilmasding, menyuni men o’qirdim, sen esa erkalanib biror narsa
tanlaguningcha ancha vaqt o’tardi, endi esa sening navbating kelibdi, dedilar onam uzoq o’tmishni
eslab...Uzoq o’tirdik suhbat qurib, vaqt allamahal bo’lganini ham sezmabmiz. Qalbimda qandaydir
shirin xotiralar, notanish iliqlik jo’sh ura boshladi...Qanchalar ajoyib kecha bo’ldi. "Shunday ayolni nega
shu paytgacha bir marta bo’lsada restoranga taklif qilmabman, bu shunchalar ajoyib ekanku" deya o’zimni
o’zim tergay boshladim.
Onamni uylariga qo’yarkanman, "Bolam sen bilan yana o’sha yerga borishni
istayman",- dedilar. - Bajonu dil onajon, bu hafta boramiz,- dedim. - Lekin bu safar man to’layman
restoranni pulini,- dedilar qaysarlik bilan. - Mayli onajon, siz nima desangiz shu, -dedim. Uyga
qaytaganimda ayolimga rahmat aytdim, axir u man uchun ajoyib bir oqshomni o’tkazishimda katta yordam
berdida...Oradan ikki kun o’tmay saharda ukam telefon qilib, "aka tez keling, onamni yuraklari xuruj
qildi", deb qoldi. Onamni tirik ko’rish nasib qilmadi. Borgunimcha jonlari uzilibdi... Ma'rakalardan
keyin ukam bir konvert tutqazdi, onam berib qo’ygan ekanlar. Ochdim. U yerda bir parcha qog’ozga xat
qoldiribdilar: "Bolam, va'da qilganimdek, avvaldan borib restoranga ikki kishilik kechki ovqatni
hisoblatib pulini to’lab keldim, kvitansiyasi ham shu yerda. O’sha kungacha man yetib bormayman,
lekin san albatta borgin, ayolingni olib borib, ikkalamiz o’tirgan joyda o’tirib ovqatlaninglar..Man
sani jonimdan ortiq yaxshi ko’raman bolajonim...." qaniydi shu xatni yozgan ayol tirik bo’lsalar, har kun u
ayolni boshimda ko’tarib restoranlarga, parklarga, eng yaxshi joylarga olib borsam, suhbatlaridan
sarmast bo’lsam...qaniydi yana bir bor shunday oqshom nasib etsa....lekin endi onam yo’q
edilar....Onalarimizni tirikligida qadrlariga yetaylik azizlar!!!
Maqola nomi : Meni yig'latgan hikoya
Vaqti : 27.05.2014|20:38
Ko'rilgan : 2182
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 250/233
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика