UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevishganlar bir birlarini "mening gormoncham", loaqal "mening buyrak usti bezlarim" deb chaqirishsa to'g'riroq bo'lardi. Chunki sevgilingizga an'anaviy tarzda "mening yuragim" deb murojaat qilish bu yerda o'rinsiz. Antropologlarning oxirgi versiyalariga ko'ra, muhabbat kabi nozik hissiyotning asosida faqat kimyoviy va biologik jarayonlar yotadi...

Xo'sh, muhabbat o'zi nima? Nima uchun unga barcha yoshdagi kishilar bo'ysunadi? U har doim hayotingizga to'satdan kirib kelishini va yaqindagina muhim bo'lgan amal, pul, obro', majburiyatlar degan tushunchalar nega birdaniga o'zining ahamiyatini yo'qotib qo'yganini nima bilan tushuntirish mumkin? Faqat muhabbat bilan...

Mantiq nuqtai nazaridanbu tuyg'uni tahlil qilishning imkoni yo'q - biz sevamiz, chunki...sevganimiz uchun. Nuqta. Falsafa bu hissiyotni turlicha izohlaydi. Arastu muhabbatni inson tanasining birlamchi energiyalaridan biriga kiritadi. Aflotun muhabbatni "ilohiy gul", sir kabi qabul qiladi: unga teginish hali unianglashni bildirmaydi.

Zamonaviy ilmiy nazariyalar ushbu ilohiy tuyg'uning kelib chiqishini tabiiy opiatlar, ya'ni o'ziga xos giyohvand moddalarning xususiyatlariga ega biologik faol moddalar va gormonlarning ta'siri bilan izohlaydilar. Qisman u bosh miya qobig'ida, jinsiy bezlarda hosil bo'ladi, qo'rquv, salbiy hissiyotlar, tanqid kabilar uchun javob beradigan miyaning bo'limlarini bosib qo'yadi va faaqat lazzat markaziga ta'sir qiladi.

Yurak-chi, deb so'rarsiz? Uning muhabbatga qandaydir aloqasi bormi? Faqat kimyoviy! Oshiqlarda adrenalin deb nomlanuvchi miya gormoni faol ishlab chiqarilaOqqushlar boshlaydi. U qon bilan birga yurakning sinus tuguniga tushgan holda, yurak urishini tezlashtiradi va boshqacha "oshiqlik" ritmini yaratadi.

Qizil yurakcha - sevishganlarning ramzi - inson yuragi bilan hech qanday umumiyligi yo'q. Ushbu ramz shafaqrang fonda bir-biri tomon suzayotgan bir juft oqqush tufayli kelib chiqqan.

Biz tanlaymiz
Muhabbat mutlaqo nazorat qilib bo'lmaydigan hodisa ekani, qachonlardir sevgan yoki hozir oshiq bo'lgan hammaga ma'lum. Chiroyli va iste'dodli ayollar suygan erkak ko'rimsizgina ayolni xotinlikka olgan holatlarga ham misollar ko'p uchraydi. Bunda u sevikli yoridan tashqari atrofidagi boshqa hech kimni sezmaydi. Ma'lum bo'lishicha, hatto turmush o'rtog'ini tanlash kabi mas'uliyatli jarayonda ham hissiyotlarni biologik faol moddalar, ya'ni jinsiy moyillik va qo'zg'alish uchun javob beradigan feromonlar boshqarar ekan.

Birmingem universiteti olimlari 840 nafar ayol ishtirokida o'tkazgan eksperiment ushbu versiyaning tadig'iga aylandi. Olimlar o'nta stulning bittasiga tarkibida erkak gormonlari bo'lgan ekstraktni sepishadi va ayollarning har biriga xonaga kirib, o'ziga yoqqan stulga o'tirishni taklif qilishadi. Natijada 810 nafar ayol aynan feromonli stulni tanlaydi. Ular o'zlarining nega aynan shu stulni tanlaganliklarini tushuntirib bera olishmadi. Bu tushunarli, axir atirdan farqli o'laroq, insonning shuuriga ta'sir qiladigan feromonlar hidga ega emas-da. Aytganday, yozgi o'tkinchi yurishlar va qizg'in kechadigan janubiy romanlar aynan mana shu kimyoviy birikmalarning ta'siri bilan bog'liq. Ter faol ravishda ajralib chiqa boshlaganida feromonlar ham faol ishlab chiqarila boshlaydi hamda erkak va ayollarning aqlini o'g'irlaydi, ularni hamma narsa haqida unutishga va muhabbat girdobiga sho'ng'ishga majbur qiladi.

MuhabbatGormonal o'yinlar

Muhabbat turlicha bo'ladi. Kimlardir o'zini qushday his qiladi, boshqalar esa haqiqiy azobda qoladilar. Eng kuchlistressni inson romantik muhabbat tufayli his etar ekan. Bitta nigoh, teginish, tovush istak gormoni, ya'ni dopaminni faollashtiradi, miyadagi lazzat markazi faol holatga kiradi. Iymanish va qo'rquvdan tortib, to mutlaq baxtiyorlik hissigacha bo'lgan bir talay his-tuyg'ular bo'roni paydo bo'ladi.

Amerikaning Rutgers universiteti professori doktor Fisherning ta'kidlashicha, romantik muhabbat, odatda, 18 oydan uch yilgacha davom etadi. Agar o'zaro munosabatlarda real to'siq bo'lsa, masalan, oshiqning biri oilali bo'lsa yoki sevishganlar turli shaharlarda yashashsa, bu undan ham uzoqroq davom etishi mumkin. Yaqinlashishga qarshilik qiluvchi to'siqlar romantik muhabbatning davomiyligini uzaytiradi va uni jadalroq qiladi. Olimlarning fikricha, aynan romantik hislar bilan xayrlashish juda qiyin kechadi.

Lazzat ortga cho'zilganida, miya muhabbat hissini kuchaytirgan holda, dopaminga asoslangan tizimni faollashtirishda davom etadi. Agar u javob olmasa, og'riq va azob yuzaga keladi, boshqacha qilib aytganda - javobsiz muhabbat. Oshiq o'zini qo'yishga joy topolmaydi va juda osongina asabiy tushkunlikka tushishi mumkin. Kishilarning ba'zilari bu holatni qisqa vaqt ichida yengib o'tishga qodir, boshqalar esa yillab, o'n yillab, ba'zida umrining oxirigacha azoblanadilar. Bularning barchasi feniletilaminkimyoviy birikmasining ta'siri ostida yuz beradi. U oqilona fikrlash markazining xushyorligini susaytiradi va istak ob'ektiga bo'ysunish hissi uchun
Maqola nomi : Muhabbat haqida...
Vaqti : 27.05.2014|20:10
Ko'rilgan : 5365
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 350/323
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :11 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика