UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bosh miyyaga qon quyilishi juda
ko'p kassaliklarni keltirib
chiqaradi !
Gemorragik insult, boshqacha
aytganda bosh miyaga qon
quyilishdir. Asosiy keltirib
chiqaruvchi sabablar: xafaqon
kasalligi, bosh miya aterosklerozi,
ularning birgalikdagi
uyg‘unlashishi, bosh miya
qontomirla-rining anevrizmlari,
bosh miya jarohatlari, vaskulitlar,
leykoz, qand kasalligi va
boshqalar. Bosh miyaga qon
quyilishiga ikkita asosiy sabab
bo‘ladi. Birinchidan,
qontomirlarining yorilib ketishi
bo‘lsa, ikkinchidan, qontomirlar
o‘tkazuvchanligining buzilishi,
bunda qontomirlar yorilmaydi.
Klinik manzarasi. Gemorragik
insult ko‘proq kunduz kunlari,
bemor ruhiy holatidan keyin
qattiq xafachilik, noxush
xabarlar, juda kuchli
hayajonlanishdan keyin
boshlanadi. Kasallik ko‘pincha
to‘satdan boshlanib bemorning
hushi yo‘qoladi va bemor
yiqiladi. Bemorda kuchli bosh
og‘riq, yuzning qizarishi, qusish,
tana harorati ko‘tarilgan bo‘lib,
sopor yoki koma holatiga
tushadi. Umumiy ahvoli juda
og‘ir bo‘lib, burun- lab atrofi
ko‘kargan nafas olishi tez yuzaki
tovush bilan xirillab chiqadi. Qon
bosimi baland — 220/140 simob
ustuniga teng yoki undan ham
oshgan, tomir urishi tezlash-gan.
Asab sohasi tekshirganimizda
meningial belgilar (ensa mushagi
taran-gligi, Kernig, Brudzinskiy)
juda rivojlangan, chunki bosh
miyada shish borligi uchun, yuzi
asimmetriya, burun-lab qatlami
silliqlashgan, og‘iz burchagi
pastga tushgan, ko‘z qorachig‘i
anizokoriyasi, qorachiqning
yorug‘likka javob reaksiyasi
susaygan yoki yo‘qolgan.
Yutinish va gapirish yo‘qolgan,
o‘ng yoki chap tomonda qo‘l-
oyoqning falajlanishi, oyoq
panjasi tashqariga buralib
qolgan, qo‘llarni ko‘tarib
tashlaganda falajlangan qo‘l
«qamchisimondek» tezda tushib
ketadi, oyoqda ham shunday
bo‘ladi. Qo‘l-oyoqlarda mushak-
lar tonusi pasaygan —
gipotoniya, pay reflekslari
pasaygan yoki chaqiril-maydi,
patologik reflekslari uchraydi.
Sezgi kamayadi yoki yo‘qoladi.
Falajlanish hamma vaqt markaziy
xarakterda bo‘lgani uchun asta-
sekinlik bilan mushaklar tonusi
oshib boradi, pay reflekslari
baland, gapirishi noaniq —
dizartriya, motor va sensor
afaziyalar kuzatiladi. Agar qon
miya qorinchalariga quyilsa,
bunda kasalning ahvoli juda ham
og‘ir — koma holatida, nigoh
qarash, qusish, yurakning tez-tez
urishi, nafas olishning
qiyinlashishi va tutqanoq xuruji
klonik va tonik qaltirashlar
kuzatiladi. Bir yilgacha —
tiklanish davri, bir yildan keyin
esa qoldiq davri deyiladi.
Maqola nomi : 1001 maslahat
Vaqti : 05.04.2014|22:12
Ko'rilgan : 4350
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 406/390
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :36 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика