UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Uning munis chehrasi ko‘z oldimga kelganda,
o‘zimni aybdor his qila boshlayman. Qanchalar
yosh, sodda edi u.
Men qanchalik sevardim uni. Shunchalar
sevardimki,
shamolni ham ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari
yoshlanishini, ko‘ngli qayg‘u nimaligini bilishini
istamasdim.
Lablarida hamisha tabassum
bo‘lishini xohlardim. Ammo u
negadir doim g‘amgin yurardi. Ko‘zlari ma’yus boqardi menga.
Nega bunchalik tushkun yurishi sababini
tushunolmasdim.
Sababini so‘raganimda, mahzun
jilmayish bilan kifoyalanardi,
dardini aytishni istamasdi sira. Qanchalik qistamay, tayinli
javob ololmasdim. Bundan ko‘p siqilardim, lekin
unga qattiq
gapirolmasdim. Bir kuni uning
kasalxonada yotganidan xabar
topdim-u, ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi. Yomon hodisa yuz
beradigandek yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. Imkon
topishim bilan kasalxonaga
yugurib bordim. Uning ahvoli
og‘ir ekan. Doktorlardan so‘rab-
surishtirib jigar tsirroziga yo‘liqqanini bildim. Anchadan beri og‘riyotgan
ekan. Shuning
uchun tez-tez davolanib
turarkan. Lekin bu davolanishlar
samarali emas ekan... Palataga
kirganimda, rangi-ro‘yi bir ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab yuborishdan
o‘zimni zo‘rg‘a
tiydim. Meni ko‘rishi bilan
o‘rnidan turishga chog‘landi. —
Yotaver, yotaver... — yoniga
cho‘kkalab, sochlarini silarkanman, nima deyarimni bilmasdim. — Nimaga
xafasiz?
— so‘radi u quvnoq ohangda
gapirishga urinib. — Menga
ishonmaganing uchun... Nega
shu paytgacha aytmaganding? — men undan chindan ham xafa edim. — Sizga
ishonmaganim uchunmas, xafa
qilishni istamaganim uchun
aytmagandim... — uning ovozi
juda past eshitildi. Ko‘zlaridan
duvillab yosh quyildi. — Meni kechiring... — Kechirim
so‘rama, — o‘zim ham yig‘lab
yuborishga tayyor edim. Lekin
uning yonida kuchliroq
bo‘lishim kerakligini
tushunardim. — Seni tushunib turibman. Shuni deb tushkunlikka tushishing
yaxshimas. Menga avvalroq
aytishing kerak edi... —
Foydasi yo‘q... — u ayanchli
iljaydi. — Avvalroq aytganimda ham, hech nima
o‘zgarmasdi. Buni hech kim o‘zgartirolmaydi.
— Hamma dardning davosi
bor... — Ajalning davosi yo‘q...
— Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! —
baqirib yubordim o‘zimni tutolmay. — Nega
hozirdan bunchalik tushkunlikka tushib
qolding?! Aytyapman-ku,
hamma dardning davosi bo‘ladi.
Faqat astoydil harakat qilish
kerak... — Oyim bilan adam ko‘p harakat qilishdi...
— uning ko‘z yoshlari tingan, ammo
ko‘zlari juda-juda qayg‘uli edi.
— Natija bo‘lmadi shu
paytgacha. Qancha tabiblarga
olib borishdi, davolatishdi... Ahvolim
yaxshilangandek bo‘ladi-yu, yana... — Iltimos,
unday dema, — uning
gaplariga ishonishni, haqiqatni
tan olishni istamasdim. — Hali
ko‘p yashaysan, bunga ishonchim komil. Faqat
umidingni uzmasliging kerak. Dardni bergan Alloh davosini
ham beradi. — Koshkiydi... —
u yana boyagidek mahzun kulib
qo‘ydi. Shu ma’yus tabassumi yuragimni yomon
o‘rtab
yubordi. Hoziroq undan ajralib qoladigandek qo‘rqib ketdim.
Tanishganimizdan beri ilk bor
jur’at qilib uning lablaridan
o‘pdim. U qarshilik qilmadi... O‘shanda bu bo‘sa
birinchisi va
oxirgisi bo‘lib qolishini o‘ylamagandim... Uning ahvoli
yaxshilanganday bo‘ldi. Lekin
bu holat uzoqqa cho‘zilmadi. Bir
haftadan so‘ng yana kasalxonaga yotqizishdi. Bu
safar o‘zim ham umidsizlikka
tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir edi. Erta-indin o‘lishiga
shubha qilmasdi. Gap-
so‘zlaridan ham umidsizlik hidi kelardi. Eng yomoni,
men unga
qanday dalda berishni, nima
deb umidlantirishni bilmasdim. Hamisha burro tilim taskin bera
oladigan so‘z topishga kelganda
ojizlik qilardi... Yana ikki hafta o‘tdi. Uning ahvoli
yaxshilanmadi. Kundan- kun
so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish
menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech nima kelmasligini o‘ylab,
ich-etimni yerdim. Ammo... Uning o‘lganini
eshitganimda,
dunyo ko‘zimga qorong‘i
ko‘rinib ketdi. Yashagim kelmay
qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham tayyor edim. Usiz yashay
olishimga ishonmasdim... Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi
hozir o‘sha
kungiday emas, ammo uni
eslaganimda, o‘zimni aybdorday
sezaman. Uning o‘limida mening ham aybim borday
tuyiladi ... Men tezda orada yoningda bo'laman ...
Maqola nomi : Azizam - meni kechir, men tezda yoningda bo'laman ...
Vaqti : 27.05.2014|20:06
Ko'rilgan : 1592
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 304/206
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :26 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика