UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men bir qizni sevardim. Hayotimda birinchi sevgim o'sha qizga qaratilgan edi. O'sha qizni birinchi marta uchratib Ollohdan so'ragandim "shu qiz meni yorim bo'lsin" deya. Taqdir ekan shu qiz ham meni yoqtirib qoldi birga gaplasha boshladik.Bir birimizni yeru ko'kka ishonmasdik. 2 yil uchrashib yurdik. Ochig'ini aytsam u qiz meni rafiqamdek bo'lib qoldi. Uni hatto o'zimdan ham rashk qilardim. U qiz meni hayotim mazmuniga aylanib qoldi. Borligimning sababchisi ham o'sha edi.Bo'g'zimddan chiqgan har bir nafas uni ismini takrorlardi. Yuragimni har bir urishi faqat u uchun urardi. Lekin kunlarning birida uni menga munosabati o'zgarib qoldi. Nima bo'ldi deya juda ko'p o'yladim. Baribir nega u o'zgarganini bila olmadim.O'zini mendan olib qochar har kuni ko'rib o'rganib qolganman ko'rmasdam turolmasdim uni. Bora bora uchrashishni ham rad eta boshladi. Bir kuni O'sha qizning uyini oldida oshxonada ovqatlanib chiqdim. Kechasi soat 11 lar chamasi edi. Ne ko'z bilan ko'rayki u qiz bir yigit bilan bir chekkada pinhona suhbat qurardi. Nima qilishni bilmadim. Oldilariga yugurib bordim. Ular qochib ketdi. Rosti yigit ham qochdi. Qizham boshqa tomonga qochdi. Qay birini quvishni bilmay qizni ortidan bordim. Unga yetib oldim. U menga shu payt "Meni tinch qo'ying, men sizni endi boshqa sevmayman" deya sabchib ketdi ... Uni hech ham bunday ahvolda ko'rmagandim. O'sha kuni ko'zimga uyqu kelmadi. Kechani rostini aytsam yig'lab o'tkazdim. meni o'sha qiz yig'latdi. Juda qattiq ezildim, ancha vaqt o'zimga kelolmadim. Keyin bilsam u bilan birga turgan bola uning birinchi muhabbati ekan…
Maqola nomi : Birinchi muhabbatini unutmagan qiz
Vaqti : 27.05.2014|20:00
Ko'rilgan : 1656
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 350/288
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :33 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика