UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir.
K. Tile.

Sevgi — bu yashamoqlik istagidir
M. Gorkiy.

Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi.
F. Volter.
Propertsiy.

Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham.
A. S. Makarenko.

Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
Mayn Rid.

Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.
J. J. Russo.

Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin.
Terentsiy.

Eng aqlli erkak sevgan paytida ahmoqqa aylanadi; eng yengiltak qiz esa sevsa oqila bo'lib qoladi.
M. Safir.

Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi.
G. Senkevich.

Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir.
A. A. Blok.

Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi.
M. Servantes.

Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir.
B. Fontenel.

Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz.
M. Y. Lermontov.

Sevgi qizamiqqa o'xshaydi: qancha kech qo'zisa, shuncha xavfli.
D. Jerrold.

Sevgisiz odam — odam emas.
Qobus.

Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir.
B. Shou.

Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi.
M. Gandi.

Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir.
G. Ibsen.

Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir.
J. Sand.

Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi.
L. N. Tolstoy.

Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak.
R. Berns.
Maqola nomi : "SEVGI"ga Tariflar
Vaqti : 27.05.2014|19:24
Ko'rilgan : 1637
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 307/278
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика