UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
INQIROZ ILDIZLARI QAYeRDA?

Ma’lumki, butun dunyo iqtisodiy tizimida inqiroz deb atalmish tahdid hamon o‘z kuchini ko‘rsatmoqda. Bu narsa zo‘raygandan zo‘raymoqda, uning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lyapti, ammo tahdidni jilovlash yoki ortga chekintirishning imkoni aslo topilmayapti. Avvaliga moliya hamda pul tizimidagi inqiroz ko‘rinishida namoyon bo‘lgan bu tahdid butun boshli iqtisod tizimining inqiroziga yo‘l ochib berdi. Bunday inqiroz shu kunlarda shaklu shamoyiliga ko‘ra ko‘pgina davlatlarni qarzdorlik botqog‘iga botirib qo‘yayotgan „qarzdorlik inqiroziga“ aylanib ulgurdi.

Xo‘sh, bu qanday inqirozki, bir necha yillardan buyon uning yechimi hamon topilmayapti. Aksincha, muammo ustiga muammolar yog‘ilmoqda? Biz o‘tgan yili inqiroz haqida maqola e’lon etib, mazkur holatga ma’lum miqdorda nazariy yondoshishga harakat qilgan edik. Bu galgi maqolamiz esa mazmun-mohiyatan o‘sha yerdagi fikrlarning uzviy tahliliy davomidir. Keling, vaziyatni tahlil qilishga o‘tishdan oldin oxirgi paytda turli davlatlarda yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy holatlarga bir nazar tashlab chiqsak.
E’tiboringizni so‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari orqali ko‘p tilga olinayotgan janubiy va sharqiy Yevropa davlatlari, AQSh, Yaponiya, Xitoy hamda Buyuk Britaniya kabi yirik mamlakatlarning moliya va iqtisod tizimida ro‘y berayotgan tahlikali holatlarga qaratmoqchimiz.
Yaqin yillar ichida yirik iqtisodiy tizimga ega bo‘lgan davlatlar, jumladan, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Yevropaning bir qator hamda dunyoning boshqa ko‘pgina mamlakatlari o‘zlarini moliyaviy inqirozdan olib chiqish maqsadida „Konyunktura Paketi“ deya atalmish davlat tomonidan iqtisodiyotga aralashuv mexanizmini ishlab chiqishdi va shu orqali sun’iy ravishda avvalo bankrot yoqasida turgan moliya institutlari, ya’ni banklar va boshqa moliya tashkilotlariga, undan so‘ng esa, iqtisodiyotda va bozorda yetakchi bo‘lgan hamda savdo birjalaridagi o‘z salohiyatiga hamda obro‘siga ega turli yirik aksionerlik kompaniyalariga moliyaviy tiklanishda yordam berishni va shu orqali batamom kasodga uchratmaslik yo‘llarini rejalashtirishdi. Banklar esa birin-ketin davlat qaramog‘iga o‘ta boshladi yoki aniqrog‘i banklarning qimmatli qog‘ozlarini to‘la yoki qisman davlat sotib olib, xususiy sektordan yana davlat sektoriga o‘tkazish orqali masalaga yechim topa boshladi. Natijada AQSh 35% , Xitoy 20%, Yaponiya, Yevropa davlatlari hamda dunyodagi boshqa davlatlarning har qaysisi 15 % dan, butun dunyoda konyunktura paketi uchun sarf bo‘lgan mablag‘larning ulushida iqtisodiyotni tiklashga kirishdilar. Bu konyunktura uchun sarflangan jami mablag‘lar miqdori dunyo iqtisodiyotida erishiladigan yalpi daromadning 4,7 % ini tashkil etdi. Ammo konyunktura paketlari davlat byudjeti uchun faqat xarajat bo‘lib, buncha sarflangan miqdordagi mablag‘larning foydalar tufayli qaytimi deyarli yo‘q yoki yaqin yillarda erishiladigan narsa emasligi aniq edi. Bu degani, aslida jami konyunktura uchun sarflangan mablag‘lar evaziga dunyo mamlakatlari 4,7% miqdorida qarzdorlik balosini o‘z yelkalariga o‘zlari ortib olishdi. Bu orqali, qaysidir ma’noda, ko‘pchilik davlatlar o‘z iqtisodiyotini yana qayta tiklashga vaqtinchalik yechim topgan bo‘lishsa-da, inqiroz tahdididan o‘zlarini butunlay xalos qila olishmadi. Aksincha, AQSh, Buyuk Britaniya yoki Yaponiya kabi davlatlar botqoqqa yana ham chuqurroq botib qolishdi. Bu mamlakatlarda byudjet taqchilligi yanada oshishi bilan birga davlatning yuqori qarzdorlik holati paydo bo‘ldi. Mamlakatda inqirozga uchragan kompaniyalar soni hamda buning natijasida ishsizlik darajasining ortishi, buning ustiga davlatlarning chiqimi ko‘payib, eksportning kamayishi hamda tizimning to‘lov qobiliyatining kasodga uchrashi, sarmoyadorlarning ham sarmoya (investitsiya) ajratishiga katta to‘siqlarning paydo bo‘lishi sababidan byudjetga soliqlar va tushumlar yig‘ish miqdori kamayib ketdi. Banklar esa yuqori foizli kreditlarnigina taklif qila boshladi. Tabiiyki, bu holatda banklarga nisbatan ishonch keskin kamayib ketdi. Va natijada moliya tashkilotlarining to‘lov qobiliyati keskin pasaydi yoki butunlay no‘lga tushib qoldi. Bu borada turli yangi usullar qo‘llanildi, lekin afsuski yordam berishga ulgurilmagan banklarning to‘lov qobiliyati batamom kasodga uchrashi natijasida birin-ketin Yunoniston (Gretsiya), Portugaliya, Ispaniya, Italiya va hatto, iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lmish AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniya ham o‘zlarining to‘lov qobiliyati yo‘qolgani hamda sinish (bankrot) holatiga tushayotganini e’lon qila boshlashdi.
Davlatlarning bunday tanazzulga yuz tutishiga, aniqroq aytadigan bo‘lsak, faqat moliya tizimidagi inqiroz sabab bo‘lmay, balki davlatning erkin iqtisodiy savdo-sotiq borasidagi, ya’ni eksport hamda importdagi nisbatlarning salbiy ko‘rsatkichga egaligi ham asosiy omillardan hisoblanadi. Bir davlatdagi
Maqola nomi : Allohga isyon qilgan tizim inqirozi
Vaqti : 27.05.2014|19:03
Ko'rilgan : 6739
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 306/273
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика