UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Amerikalik olimlar inson keksayishni boshlaydigan yoshni aniqlashdi. Ma’lum bo’lishicha, organizmda qaytarib bo’lmas jarayonlar 39 yoshdan boshlanar ekan.

Mutaxassislarning fikricha, keksayish inson miyasida mielin moddasining, ya’ni yangi asab tolalari xosil bo’lishida qatnashuvchi oqsil ishlab chiqarilishining asta-sekin to’xtashi bilan bog’liq. Ma’lumki, mielin қobig’i neyronlarning asab Hujayralarini zararli ta’sirlardan himoya qilgan holda ularni qo’llab turadi. Mielin moddasi ishlab chiqarilishining to’xtashi organizmning harakat va kognitiv funksiyalari zaiflashishini keltirib chiqaradi va vaqt o’tishi bilan bu ko’zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, mielin qobig’ining shikastlanishi parishonxotirlik skleroziga olib keladi.

Olimlarning tadqiqotlarida 23-80 yoshdagi ko’ngilli erkaklar qatnashdi. Ishtirokchilarga murakkab bo’lmagan mashqlarni bajarish taklif etildi, bu paytda olimlar ishtirokchilar bajarayotgan u yoki bu mashqlarning tezligini organizmdagi mielin moddasining miqdori (mahsus taxlillar yordamida o’lchanadi) bilan solishtirib turishdi.

Tajriba davomida olimlar inson faolligining cho’qqisini aniqlashdi, ya’ni eng ko’p mielin moddasi ishlab chiqariladigan payt 39 yoshga to’g’ri kelar ekan. Ushbu yoshdan oshgandan so’ng organizmda mielin moddasi ishlab chiqarilishi to’xtaydigan jarayon ishga tushadi va inson keksaya boshlaydi. Bunda mutaxassislar bu qoidada ham mustasnolar borligini qayd jetishmoqda: hammasi organizmning individual o’ziga xosliklariga bog’liq.
Maqola nomi : Inson keksayishni boshlaydigan yosh aniqlandi !
Vaqti : 25.05.2014|10:58
Ko'rilgan : 1747
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 292/234
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика