UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kemiruvchilar oilasiga mansub kulrang kalamushlarning avlodida bir xil hollarda yungining rangi o’zgacha rangda bo’ladi. Bu kabi hollar insonlarda ham bo'lishi mumkin. Bu holda esa kalamush yungining rangi oq, ko’zining rangi esa qizil bo’ladi. Bu hol albinos lik deyiladi. Albinos tanasi melanin pigmentini ishlab chiqara olmaydi. Albinos ko’zining rangli pardasida melanin pigmentining bo’lmasligi tufayli uning orqasidagi qon tomirlari ko’rinadi. Shu sabab uning ko’zi qizg’ish rangda bo’ladi.
Kam hollarda albinoslik chala bo’lishi mumkin. Bu holda kemiruvchi tukida kul rang pigmentlar seziladi. Agar uni kulrang kalamushga qo’shsa uning avlodi holdor bo’ladi. Albinoslar boshqa tur kemiruvchilarga qaraganda quyosh nuriga o’ta ta’sirchan bo’ladi. Bunga sabab, rangli pardadagi melanin pigmenti svetofiltr kabi ishlaydi, yana albinoslarning ko’zi boshqalarga qaraganda o’tkir ko’zga ega bo’lmaydi. Albinoslikning asosida xromosomalarning betartib tarzda o’zgarishi turadi.Shu sabab, bir avlodning rangi odatiy holdagi va ko’zi va yungining rangi o’zgargan vakillar chiqishi mumkin. Agar erkak va urg’ochi albinos kalamushlarni birga qo’shsa avlodda faqat albinos kalamushlar pzydo bo’ladi. Agar albinos kalamushni odatiy rangli kalamush bilan qo’shsa avlodning xromosomalarida albinoslikga javob beruvchi genlar odatiy pigment hosil qiluvchi dominant genlar tasirida yo’qoladi. Ammo bu kabi hollar insonlarda ham uchrab turadi.
Maqola nomi : ALBINOSLIK nima u?
Vaqti : 25.05.2014|01:07
Ko'rilgan : 2423
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 346/372
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :16 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика