UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bugunimiz o‘tmishga aylanayotgani kabi o‘tmishda ham xuddi hozirgi davr singari kun, oy, yillar silsilasida ajdodlarimiz umrguzaronlik qilgan. Har qaysi davrning o‘z buyuk shaxslari bo‘lganki, ular olamshumul kashfiyotlari bilan insoniyat tarixida iz qoldirishgan. Hayotdagi qaysi sohani olib qaramaylik, uning ilk asoslari qaysidir zamonda yaratilgan bo‘lib, asrlar osha takomillashgan va bugungi darajasiga yetgan. Quyida shunday ixtirolardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Vaksinalar to‘g‘risidagi kashfiyot ingliz dorishunosi va jarrohi Eduard Jenner faoliyati bilan bog‘liq. U Yevropa aholisi o‘rtasida keng tarqalgan qora chechak kasalligining oldini olish uchun 1796 yilning 14 mayida ilk bor sakkiz yashar Jeyms Fipsni emladi. Natijada bola tanasida bu kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ldi. Shunday qilib, dunyoda dastlabki emlash tajribasiga qo‘l urildi. Oradan bir asr vaqt o‘tib, frantsuz mikrobiologi va kimyogari Lui Paster emlashning ilmiy asoslarini tavsiya etdi. Olimning aniqlashicha, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi organizmga zaiflashgan yoki o‘lgan mikroblarning tushib qolishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular tanani zaharlaydi, hech bo‘lmaganda, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Paster ularga qarshi preparatlarni vaktsina deb nomladi, protsedura, ya’ni davolash tadbirlarini esa emlash, deb atashni taklif qildi. Ana shu kashfiyotning samarasi o‘laroq, immunologiya faniga asos solindi.
Natijasi: Jennerning kashfiyotidan so‘ng emlash bilan bog‘liq ishlar taraqqiyot bosqichiga chiqdi. XX asrning o‘zida Amerika, Osiyo, Afrikada 500 million odamning yostig‘ini quritgan qora chechak bunga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Faqat 1980 yildagina Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qora chechak ustidan qozonilgan g‘alabani rasman e’lon qildi. Poliomielit, qizamiq, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qizilcha va boshqa yuqumli kasalliklar ham o‘tmishda qoldi. Sil, quturish, qizilcha va boshqa yuqumli xastaliklarning xavflilik darajasini kamaytirishda emlashning foydasi katta. Hozirgi vaqtda olimlar saraton, OITS kabi oxiri o‘lim bilan tugaydigan dardlarga qarshi emlash olib borish mumkinligi xususida ham bosh qotirishmoqda.

Neft tarkibidagi foydali birikmalar birinchi bo‘lib, Rossiyada aniqlangan. Uni boy aka-uka zavodchi Dubininlar va amerikalik kimyogar Silliman kashf qilishdi. XVIII asr o‘rtalarida ular bir-biridan mutlaqo bexabar holatda neft tarkibidan yoritish maqsadiga xizmat qiluvchi kerosin ajratib olish mumkinligini isbotlashdi. 1877 yilda esa taniqli rus kimyogari Dmitriy Mendeleev neftni qayta ishlashda parchalanish jarayonini kuzatdi. Aynan shu vaqtda yana bir taniqli rus kimyogari Vladimir Markovnikov «qora oltin»dagi uglevodorodlarning yangi sinfi – naftenlarni kashf qildi. Uning safdoshi L.Gurevich neft va neft mahsulotlarini tozalashning fizikaviy-kimyoviy asoslarini ishlab chiqdi va bu usullarni takomillashtirishning ahamiyatini ham ko‘rsatib berdi. 1918 yilda kimyogar olim Nikolay Zelinskiy neft cho‘kmalaridan katalitik usulda benzin olish haqidagi taklifini o‘rtaga tashladi. Olim Sergey Nametkin neft tarkibini guruhlash haqidagi g‘oyani ilgari surgan bo‘lsa, Vladimir Shuxov neft quvurlarini yaratish, neftni saqlash va qayta ishlash uchun asbob-uskunalar zarur ekanini ta’kidladi. 1861 yilda dunyo bo‘yicha neft va neft qoldiqlarini qayta ishlash usuli bilan shug‘ullanuvchi sanoat shahobchasi vujudga keldi. 1879 yilda esa Bokuda ilk bor neft quvuri ishga tushirildi.

Natijasi: neft insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. Ana shu mahsulot tufayli biz avtomashinada istagan manzilimizga boramiz, samolyotda uchamiz, sintetik tolali ki­yimlarga egamiz, bo‘yoqlardan foydalanamiz, kir yuvish vositalari tufayli mushkulimizni oson qilamiz. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning yuqori bosqichiga erishgan insoniyat energiya manbaining neftga muqobil variantlarini o‘ylab topgan bo‘lsa ham bu mahsulot hamon odamzot ehtiyojlari ro‘yxatida 48 foizlik ko‘rsatkichni ishg‘ol etmoqda.

Atom energiyasi. 1896 yilda frantsuz fizigi Anri Bekkerel fotoplastinkalarning qorayishiga qarab, uran tuzining jismlar ichiga kuchli darajada kira olish xususiyatiga ega ekanini va ko‘rinmas nurlar chiqarishini aniqladi. Bu hodisaga “radioaktivlik” deb nom berilgandan so‘ng D.Mendeleev davriy jadvalidagi eng og‘ir elementlarning deyarli hammasi shunday xususiyatga egadir, degan xulosaga kelindi. Oradan ikki yil o‘tib, Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘lgan Per Kyuri va Mariya Skladovskaya uran mineralidan toriy elementini “yo‘lda qoldiradigan” poloniy va radiy ajralib chiqishini, bu moddalarda radioaktivlik juda yuqori ekanini isbotlashdi. 1911 yilda britaniyalik fizik Ernest Rezerford atomning yadroviy modelida radioaktiv nurlanish hosil bo‘lishini aytib, zamondoshlarini hayratda qoldirdi. Shu tariqa XX asrning 30-yillarida sun’iy radioaktiv moddalar yaratishga asos solindi.

Natijasi: 1945
Maqola nomi : DUNYONI O’ZGARTIRAYOTGAN KASHFIYOTLAR
Vaqti : 25.05.2014|01:00
Ko'rilgan : 3581
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 318/228
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика