UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Barchamiz ish yoki o‘qishgakechikmaslik uchun ertalab vaqtliroq uyg‘onishga harakat qilamiz. Uyg‘onishda muammolarga duch kelmagan kishi bo‘lmasa kerak. Bu boradaquyidagi maslahatlarimiz sizga asqotadi degan umiddamiz.
1. Yetarlicha uxlang

Uxlash uchun o‘zingizga zarur miqdorda vaqt ajrating. Uyquga ehtiyoj har bir kishida turli darajada bo‘lishi mumkin. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kattalar uchun bir sutkada o‘rtacha 7—9 soatlik uyqu zarur. Shunga qarab, vaqtida uxlashga yoting.
2. Budilnikni uzoqroq joyga qo‘ying

Budilnikni shunday joyga qo‘yingki, uni o‘chirish uchun siz o‘rningizdan turishga majbur bo‘ling. Shunda uyqungizning o‘chshi oson bo‘ladi.
3. Kerishing

Budilnikni o‘chirgach, yaxshilab kerishib, cho‘zilib oling. Bu qonni yaxshi yurishtirib, uyqungizni tarqatadi.
4. Yuzingizga suv seping

Budilnikni o‘chirib, to‘g‘ri vannaga boring va yuzingizni sovuq suvda yuving. Yoki dush qabul qiling. Bu ham qon aylanish tizimini faollashtiradi.
5. Ertalabga ish qoldirmang

Uxlashdan oldin ertangi kun uchun kiyimlaringizni, iloji bo‘lsa, nonushtani ham tayyorlab qo‘ying. Xonalarni tartibga solib, narsalarni o‘z joyiga joylashtirib qo‘ying. Ertalab bunday mayda-chuyda va yoqimsiz ishlar tashvishi hamuyg‘onishga erinish hissini keltirib chiqaradi.

Ertalab uyg‘onishni osonlashtirish bo‘yicha siz qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
Maqola nomi : Ertalab oson uyg‘onish sirlari
Vaqti : 23.05.2014|12:13
Ko'rilgan : 1693
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 304/259
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика