UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
"Yuz marta eshitgandan, bir marta kurgan yaxshi", degan mak.ol fak.at insongagina k.aratil-gan emas. U ko’rishning ko’pgina tirik mavjudotlar uchun bekqiyos axamiyatga molik ekanligini ifoda etadi. Shuning uchun xatto ko’zga ega bo’lmaganlar xam qandaydir "kuruvchi" organlarga ega. Masalan, yomgir chuvalchanglari terisining ustida kurish xujayralari betartib joylashgan bo’lib, ularni mikroskop vositasidagina ko’rish mumkin. Bunday "kuzlar" bilan atrofdagi narsalarni ko’rib bo’lmaydi, ammo ular orqali quyoshni soyadan, kunni tundan, yorug’ni qorongidan farqlash oson, chuvalchang uchun bundan ortig’i kerak emas. Zuluklarda ko’rish xujayralari tanasining oxirida to’plangan, demak, uning "kuzlari" dumida joylashgan. Dengiz yulduzida esa bunday xujayralar "Qullar" deb atalmish a'zolarida jamlangan bo’ladi. Bundan chiqdi, uning 5 ta "ko’zi" bo’lib, xammasi qullarida ekan-da. Aksariyat xayvonlarning ko’zlari, albatta, xaqiqiy ko’zlardir. Ammo bu yerda xam ajoyib otlarga duch kelamiz. Kana dunyoga orqasi bilan qaraydi: uning ko’zlari aynan shu yerga joylashgan. Diopsiz pashshasi shilliq qurtniki kabi uzun shoxlari bilan lol qoldiradi. Ma'lum bo’lishicha, bu ko’zlar uchun yana bir noodatiy joy xisoblanib, ko’zlar mana shu shoxlarning uchiga o’rnashgan bo’ladi. Kambala balig’ining ko’zlari bir tomonga joylashgan bo’ladi. Sakkizoyoqda, sarguzasht romanlarga ishonadigan bo’lsak, atigi bitta ko’z bor. Aslida esa ular ikkita, ammo chap ko’zi ung ko’zidan bir necha marta katta bo’ladi. Shunisi xam borki, arxi-tevtis urugiga mansub kal'marlar dunyoda eng katta - likopchadek keladigan chap ko’zga ega. Ko’zlari boshlariga "betartib" joylashgan xayvonlarda xam xammasi oddiy, risoladagidek deb bo’lmaydi. Oddiy uy pashshasida boshining yon tomonlariga joylashgan ikkita ko’z borligi xammaga ma'lum bo’lsa kerak. Ammo, aniqlanishicha, old tomonda ular o’rtasida joylashgan yana uchta "noma'lum ko’z" bor ekan. Xammasi bo’lib pashshaning beshta ko’zi bo’lar ekan. Ayrim o’rgimchaklarda sakkizta ko’z bor. Xayvonlarda beshta, xatto sakkizta ko’zga nisbatan uchta ko’zning bo’lishi sizni unchalik ajablantirmasligi tabiiy. Ammo ko’zning uchtaligi xususida xar qancha gapirsa arziydi. Yangi Zelandiyada yashaydigan gatteriy kaltakesagida xammamizda bo’lganidek ikkita ko’z bor, uchinchisi esa ensa yoki gardanda joylashgan bo’lib, xamisha osmonga qaraydi. Aniqlanishicha, osmonga qarovchi uchinchi kuz ko’pgina yovvoyi xayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarda bo’lar ekan. To’g’ri, boshqa xayvonlarda, gatteriy kaltakesagidan farqli o’laroq, uchinchi ko’z yaxshi rivojlanmagan, teri, ayrim xollarda, suyak qoplagan bo’ladi va xech narsani ko’rmaydi, ammo dalil dalilligicha qoladi - uchinchi ko’z borligi aniq! Eng qizig’i shundaki: bosh suyagi ostida miya ichiga yashiringan, rivojlanmagan uchinchi ko’z odamda xam bo’lishi aniqlangan. Shunday qilib, odamda xam aslida ikkita emas, uchta ko’z bor ekan-da!
Maqola nomi : Hayvonlar qanday ko'radi...
Vaqti : 19.05.2014|16:35
Ko'rilgan : 1637
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 264/224
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :17 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика