UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Mushuklar va itlar, fillar va ko’rshapalaklar, kitlar va otlar, maymunlar va odamlar — bularning barchasi sut emizuvchilar deb atalmish zoologik sinfga mansubdir. Sut emizuvchilarning boshqa hayvonlardan farqi shundaki, ularning nasllari urgochisining sut bezlarini emgan holda voyaga yetadi. Aksariyat sut emizuvchilar bolalari to’liq shaakllangan holatda dunyoga keladi, ayni bir paytda qushlar, aytaylik, avval tuxum qo’yadi, so’ngra shu tuxumdan jo’jalari chiqadi. Sut emizuvchilarning farqlovchi xususiyati — ular tanasining to’liq yo, qisman tuk yoki yung bilan qoplanganligidadir. Ularning barchasi issiq qonli bo’lib, to’rt kamerali yurak va diafragmaga ega. Sut emizuvchilarning aksariyat qismi quruqlikda yashasa, ayrimlari, masalan, kitlar va del'finlar suvda yashaydi. Ularning ko’pchiligi masalan, ko’rsichqon va boshqa aksari kemiruvchilar uyalarda yashaydi. Kurshapalak uchadigan yagona sut emizuvchi hisoblanadi. Olimlar sut emizuvchilarni ko’p miqdordagi mayda guruh yoki turkumlarga ajratganlar. Bu turkumlarning eng dastlabkisi — yexidna va o’rdakburun yoxud tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardir. Keyingisi —tovushqonsimonlar turkumidir. So’ngra dengiz sut emizuvchilari, un-dan keyin juft tuyoqlilar turkumlari keladi.
Yirtqich sut emizuvchilar go’sht, kemiruvchilar esa o’simlik bilan oziqlanadi. Hasharotxo’rlar nomining o’ziyoq bu sut emizuvchilarga nimalar ozuqa bo’lishini aytib turibdi. Eng yuqori turkum — primatlar yoki tuyoq o’rniga tirnoqqa ega bo’lgan sut emizuvchilardir. Primadlarga turli maymunlar va odam kiradi. Sut emizuvchilarning miyasiga nisbatan ancha rivojlangan bo’ladi.
Maqola nomi : Sut emizuvchilarni bilasizmi?
Vaqti : 19.05.2014|16:34
Ko'rilgan : 4239
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 628/523
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика