UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ko‘z yosh…

–Yig‘ladingmi?
–Ha… Qayerdan bildingiz?
–Yuragim og‘ridi…

Kuz…

–Qaysi faslni yoqtirasan?
–Kuzni…
–Nega?
–Chunki, men shu faslda tug‘ilganman. Siz-chi, qaysi birini yoqtirasiz?
–Kuzni?
–Nega?
–Chunki sen shu faslda tug‘ilgansan…

Sevgi…

–Bilasanmi?.. Kechirasan-u, sen bilan uchrashish juda ham jonimga tegib ketdi!

Qiz ko‘zi jiqqa yoshga to‘lib:
–Qanaqasiga?!

Yigit jilmayib:
–Kel, turmush quramiz…

Orzu…

–Oyijon sizning ham orzuyingiz bo‘lganmi?
–Ha bo‘lgan.
–Hozir ham bormi?
–Ha bor, hozir u yonimda, menga har xil savollar bermoqda…

Telefon suhbati.

–Salom, shumtaka qalaysan?
–Salom tog‘a, qachon kelasiz? Oyim sizni sog‘inyaptilar. Ayniqsa, bobom juda sog‘indilar…
–Obbo, zumrasha, sen buni qayoqdan bila qolding?
–Bobom, siz yo‘qligingizda meni sizning ismingiz bilan chaqiradigan bo‘lib qoldilar…
Maqola nomi : O‘qing! 5ta qisqa hikoya…
Vaqti : 17.05.2014|21:57
Ko'rilgan : 2253
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 414/446
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика