UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
–Oyi, nima qilyapsiz? Kech bo‘ldi-ku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan o‘tibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, o‘zingizni qiynamang, ertaga kun yorug‘ida birgalashib tugatib qo‘yamiz.

–Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan “buxanka” non olib kelasan, ho‘p qizim. Singling och uxlab qoldi-da….

–Yo‘q, oyi nega, kechqurun hammamiz yaxshi ovqatlandik-ku!

–Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa sho‘rva nima ham bo‘lardi. O‘qishingiz kerak, hali yaxshi inson bo‘lasizlar, katta odam bo‘lsanglar dasturxonimiz yana to‘kin bo‘ladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yaxshi bo‘lmadi-da, uxlaganinglardan so‘ng ikki, uch marta uyg‘onib oyi non bormi, ozgina non bering deb so‘radi….

Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. Singlim maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydi-da hali, oyimdan ko‘p narsa so‘raydi, bilmaydi-da biz hamma kabi emasmiz.

Dadamning o‘zga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan to‘n qavib chiqishlarini, bizni o‘ylab siqilishlarini bilmaydi-da…

Bo‘g‘zimga o‘t qadaldi, oyim oxirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham totmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qo‘limdan kelsa yordam bera olsam…

O‘tgan kuni yig‘lab o‘tirgan ekanlar, qo‘llariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emas edi. Qo‘llari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni o‘ylab siqiladilar, shu uchun yig‘laydilar. Garchi, dadang kelsalar hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deb bizni ovutsalarda, o‘zlarini o‘zlari aldayotganliklarini biladilar. Biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar. O‘tgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bo‘lib ketibdilar.

Men ham tezroq ulg‘ayib oyimning og‘irini yengil qilsam edi…

–Singling yosh hali, uni hafa qilma, u senga eng mehribon inson bo‘ladi, sizlar ham anchadan beri yaxshi ovqat yemadinglar, ertalab yaxshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim…

Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim o‘sha o‘tirgan joylarida qo‘llarida nina, tizzalari ustida to‘nning yeng qismi, bir bo‘lakkina o‘chay deb qolgan sham yorug‘ida ko‘zlari ochiq bir nuqtaga tikilib o‘tirgandilar, yugurib bordim, qo‘llari muzdek, etim jimirlab ketdi…

Oxirgi ayta olgan so‘zim shu bo‘ldi:

–Oyi, oyijon, ko‘zizni oching. Men tez katta qiz bo‘laman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang…

2004-yil. 28-noyabr.

Maktab yoshidagi qizi onasiga og‘irlik qilmasin uchun pul so‘rashdan tortinib, eski daftarlaridagi bo‘sh varoqlardan daftar yasayotganida, daftar simchasi jajji barmoqlariga kirib ketib, qanchalik azob berganini oilasidan uzoqda o‘z rohatini ko‘rib yurgan ota his etarmikan!?

O‘sha ota hayotdan quvnab, uch-to‘rt kunlik yor-u birodarlari orasida ko‘krak kerib yurganida, uyidagi naslining davomchisi, qariganda boqguvchisi, qazosi yetsa ko‘mguvchisi, jigarbandi – o‘g‘li ko‘cha-ko‘yda otasining qilmishi uchun yelka qisib yurganini bilarmikan!?
Maqola nomi : 2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi
Vaqti : 17.05.2014|21:52
Ko'rilgan : 1890
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 418/387
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика