UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ismim Javlonbek. Nukus shaxridanman. O‘zim haqimda qisqacha ma’lumot; bo‘yim uzun, bug‘doyrang, rosa ham kelishgan yigitman, ayniqsa qizlar qoshlarimga “o‘lib” qolishardi. Hayotda juda ham kamgapman, desam ishonmang. Ota-onamni yakkayu-yolg‘iz o‘g‘liman. Ikkita jajjigina egizak singillarim bor, yoshlari beshda, bog‘chaga boradi…
Sizlarga avtobiografiyamni emas, hayotimni o‘zgartirib yuborgan voqeani hikoya qilib bermoqchiman. Kimdir ustimdan kular, kimdir…

Xullas, maktabni bitirib o‘qishga topshirmadim. Otam Nukus qo‘g‘irchoq teatri rahbari edi. Onam esa shu teatr sahnalari uchun libos tikardi. O‘sha yerda kunim o‘tardi asosan. Hech kimga ziyonim bilan birga foydam ham tegmasdi.
Otam qancha harakat qildi o‘qigin deb, lekin o‘qigim kelmasdi. Yigit kishiga o‘qishni erta-kechi yo‘q derdim. Shunday tinch bekorchi yurgan kunlarimning birida teatrga bitta “qo‘g‘irchoq” kelib qoldi. Qaradim-u tilim aylanmay qoldi.
Yo‘q bu qoraqalpoq qizi emas, go‘yoki malak edi… Oppoq yuzli, qayrilma kipriklar… Misli qo‘g‘irchoq edi…
Darrov surishtirdim… Asli qoraqalpoq, lekin Toshkentda yasharkan. Nukusga buvisinikiga tashrif qilib, shu yerda amaliyot o‘tagani kelibdi…

Sahnaga chiqqanida ko‘z uzmay tomosha qilardim. Jonli qo‘g‘irchoq yurgandek bo‘lardi… Rosa tanishgim kelardi, bu orada bir hafta o‘tib qo‘ydi. O‘zimga hayron qoldim manaman degan qizlarni o‘zimga qaratib, tezda “o‘zimniki” qilib olardim, lekin shu qizga kelganda tilim aylanmas, yuragim duk-duk urardi. Tanishish uchun roppa-rosa bir hafta harakat qildim. Oynaga qarab “romantik” gaplardan gapirardim. Hayolan uni gapirtirardim, shaxlo ko‘zlari bilan suzilib gapimni eshitardi. Gaplarim o‘xshamayotganini sezsam, oynani majaqlab tashlagim kelardi…

Oxiri yurak hovuchlab yoniga bordim. Grimxonada ekan:

–”Salom Jamila o‘rganib qoldingizmi?” – deyishimni bilaman,

–”Nimeydi, eshikni orqasidan yop!” – desa bo‘ladimi?! Qotib qoldim, hech qizlardan bunaqa gap eshitmagandim. U esa qoshlarini chimirdi. Chiqib ketdim. Alam qildi. Mashinamda Nukus ko‘chalarini rosa aylandim.

Buncha ham qo‘pol, yana kelajakda madaniyat hodimasi bo‘larmish, tilini zaharligini, Hudo ham chiroydan ham, tildan ham bergan ekan-da deya o‘zimga-o‘zim gapirib borardim. O‘zimdan hech ayb topa olmadim, binoyidek yigit bo‘lsam, albatta men haqimda teatrdagi boshqa qizlardan eshitgandir. Teatrdagi deyarli hamma qiz menga oshiq-ku, bu tannoz qiz nega oliftalandi.
Uyga borgach ham kayfiyatim bo‘lmadi. Onam har kuni gapirardi:

–”Tezroq o‘qib bir ishni boshini tut, men ham kelin ko‘ray, singillaring kichkina, sen esa aqalli ovqat qilishni ham eplay olmaysan”…
Shu kassetta bugun ham chaynaldi. Kechasi bilan uxlay olmay chiqdim. O‘sha qaysar Jamilani sevib qolgan ekanman. Ertalab onamga yordamlashish uchun uyda tikilgan ko‘ylaklarni teatrga olib bordim. Borganimda teatr artistlari zavtrak qilishayotgan ekan.
Qizlarning nonushta, tushlik va kechki ovqat xonasi alohida edi. Kiyimlarni olib o‘tib ketayotgandim, birdaniga “zahar malagim”ning gapi eshitilib qoldi, sekin tinglab turdim. Meni yana gap tinglaydigan g‘iybatchi deb o‘ylamang, shunchaki qiziqdim-da…

–”U o‘zini kim deb o‘ylaydi takasaltang, uni menga maqtaguncha bekorchixo‘jalikning oqibatlari haqida tushuncha bersanglar bo‘larkan”…

Tamom bo‘layozdim… Tez-tez yo‘lak bo‘ylab yurib ketdim. Gaplarini esladim; nima dedi? Meni bekorchixo‘ja dedimi? Takasaltang dedimi? Kirpicha (tipratikan)… Gaplarini eshitmasam bo‘larkan… Tavba, shunaqayam zaharli ilon bo‘ladimi qiz bola degan…?!
Uyga borib rosa o‘ylandim. Kechki payt dasturxon boshidada ota-onamga aytgan qarorim ularni bu darajada xursand qilishini bilmagandim. Gapga chechan, gapni ham surib ketaveradigan bola bo‘lganim uchun teatr artistilikka o‘qiyman deb ahd qildim. Lekin, o‘qish bunchalik qiyinligini xatto tasavvur ham qila olmasdim.

Otam menga bir emas naqd oltita teatr aktyorlarini biriktirib qo‘ydi. Ular har kuni ish soatidan tashqari men bilan shug‘ullanardi, evaziga oylik chiqardi. Agar eplab ketsam, otam menga ham oylik chiqarishga va’da berdilar.

Oldiniga “eee bore” desammikan dedim. Keyin esa sidqidildan yondosha boshladim. Kechasi bilan Hudoga nola qilib chiqardim.
Qiyinchilik… Tayyorgarlik… Ruhiy azob… Bu yoqda sevgim… Hammasi meni yeb bitirardi… Lekin, chin dildan harakat qilardim, har bir sahna harakatimga, ishimga muhabbat bilan yondoshardim. O‘qishga kirib ketsam, Jamila meni aniq sevib qoladi deb o‘ylardim.
Sabr-u bardoshim, mehnatim, harakatim o‘z mevasini berdi. Men Toshkent Davlat Madaniyat Instituti talabasi bo‘ldim. Bu hammasi sevgilim Jamila tufayli edi.

“Majnunni Majnun qilgan Layli” – deyishadi. Shu oltin bitikni o‘zgartirib “Javlonbekni Javlonbek qilgan Jamilam” – derdim…
Talaba
Maqola nomi : Jamila
Vaqti : 17.05.2014|21:43
Ko'rilgan : 2174
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 253/231
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :30 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика