UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Uilyam Genri Geyts III bugungi kunda insoniyatning eng boy kishisi sifatida tanilgan. U o'z aqli va harakati bilan shu darajaga etishgan. E'tiboringizga Bill Geytsning biznes falsafasini havola etamiz.
Raqobatchilaringizni o'rganing. Men har kuni ertalab birinchi navbatda raqobatchilarimning ishlari bilan tanishaman.
***
Qat'iyatli bo'ling. Rahbarning eng asosiy xususiyati yomon xabarni ham mardona qarshi olishdir. Sovuqqon bo'ling va shunda har qanday muammo tezroq echimini topadi.
***
Muvaffaqiyatga e'tibor bermang. U aldamchi va o'zgaruvchidir. Maqsadga erishdingizmi, joyingizda o'tiravermang, yangi marrani ko'zlang. Raqobatchilar qo'l qovushtirib o'tirishmaydi.
***
Rivojlanish uchun sharoit yarating. Tajribali rahbar qo'l ostidagilarning ishlashi uchun yaxshi muhit va sharoit yaratadi.
***
Bir ishni bajarishni mo'ljalladingizmi, unga bugunoq kirishing. Vaqtni boy bermang.
***
Mag'lubiyatdan qo'rqing. Qadam tashlashdan oldin uning to'g'riligiga to'liq ishonch hosil qiling, qadam tashlaganingizdan keyin esa xulosa chiqaring.
***
Yangi texnologiyalardan foydalaning. Elektron vositalar mo''jizalar yaratishga qodir.
***
Olomondan ajraling. U har doim ham kerakli yo'nalishda ketmaydi. Har doim o'z yo'lingizni tanlang.
***
Siz maktabni bitiriboq yiliga 60 ming dollar maosh olmaysiz. O'zingiz erishmaguningizcha kompaniyaning vitse-prezidenti bo'la olmaysiz. Buning uchun mehnat qilish darkor.
***
Agar ko'lmakka o'tirib qolsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo'q. Yig'lamsirab o'tirmasdan, xatolaringizdan xulosa chiqaring.
***
Siz tug'ilguningizga qadar ota-onangiz hozirgidek asabiy, injiq, yordamga muhtoj emasdilar. Ular sizning kiyimlaringizni yuvib, edirib-ichirib, kiydirib, erkalik va injiqliklaringizga chidab-chidab shu ahvolga tushganlar. Ularga jahl qilguncha o'zingizga "ota-onam bo'lmaganda kim bo'lardim?” degan savolni bering.
***
Siz o'qigan maktabda hech kim etakchilar va omadsizlarga ajratilmas, lekin hayotda bunday EMAS. Maktabda yomon baholar qo'yilmas, to'g'ri javobni aytish uchun bir necha marta imkoniyat berilar. Lekin haqiqiy hayotda bunday BO'LMAYDI.
***
Ko'zoynak taqqan yoki shalpangquloq bolaning ustidan kulmang. Vaqti kelib, uning qo'lida ishlab qolishingiz mumkin.
Maqola nomi : Bill Geytsning "BIZNES FALSAFASI"
Vaqti : 13.05.2014|10:49
Ko'rilgan : 2159
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 350/259
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :113 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика