UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Iltimos oxirigacha o`qing.
Uyga
qaytganimda ayolim
kechki ovqatga
dasturxon tuzayotgan
ekan. Uni
qo`lidan tutib yonimga
o`tkazdim va
jiddiy gapim borligini
aytdim. U jim
o`tirib meni tinglardi.
Imkon qadar ko`zlariga
qarab gapirishga
urinardim,
biroq ulardagi o`g`riq
meni
sozlashimni
qiyinlashtirardi. Nafasimni
jamlab keyingi kunlarda
ichimda
o`ylab yurganimni shart
aytdim
qo`ydim: “Sen bilan
ajrashmoqchiman”.. Uni bu
so`zlarim
hayratga solmadi va u
sokinlik bilan
“Nega?” deb sababini
so`radi.
Javobdan o`zimni olib
qochdim, unga
bu harakatim yoqmadi.
Nima deb
aytishim kerak edi?
Hotinimni sevmay
qo`ganimga ancha
bo`lgan, hozir
ko`nglim butkul Dilraboga
tegishli.
Ertasi kuni ishdan
qaytganimda
hotinim nimalarnidir yozib
o`tirgan edi.
Indamay kirib yotdim,
Dilrabo
bilan o`tgan kunim
ta`surotlarini o`ylab shirin
uyquga ketibman.
Ertalab ayolim qo`limga
bir parcha
qog`oz tutkazdi. Unda bir
shart
yozilgan edi. U men bilan
ajrashishga
qarshilik qilmasligini va
buning
evaziga mendan biroy
muddat so`ragan edi. Shu
bir oyni baxtli
oiladek
o`tkazishimizni iltimos
qildi. Sababini
oddiygina tushuntirdi.
Yaqinda
o`g`ilchamiz maktabga
borishi kerak
edi va yomon ta`surotlar
bilan o`qishni
boshlamasligini hohlardi.
Men rozi
bo`ldim. Uning yana bir
kichkinagina
sharti bor edi.
Turmushimizning ilk
oyidek uni har tongda
uy ichidan qo`llarimda
ko`tarib eshik
oldigacha olib chiqishimni
so`radi. Ayolim ajrashish
oldidan aqldan ozibdi
degan hayol keldiyu
indamadim, shu
bilan qutulsam mayli.
Ayolimga
nisbatan hohish istagim
ham yo`q edi,
meni yana o`ziga isitib
oladi desam.
Begonani ko`targandek
ko`tarib yurarman bir oy.
Birinchi kun g`alati
o`tdi. O`g`lim bizni ko`rib
qiyqirib
yubordi: “Ada nega oyimni
ko`tarib
oldiz?”. Hotinim ajrashish
haqida zinhor
gapirmasligimni iltimos
qilganligi uchun men
jilmayib qo`ya qoldim va
kocha eshigigacha ko`tarib
bordim. U ishga ketdi…
Har tong shunday o`ta
boshladi. Har
safar ayolimni qo`limga
olarkanman
qandaydir iliqlik paydo
bo`layotgandek tuyulardi.
Men o`zimni ishontirardim
boshqasini sevaman
deb. Dilraboni oldiga
oshiqardim. Bir
oy bo`lishiga ikki kun
qolganda
hotinim qandaydir
yengillik bilan
qo`llarimga o`zini
topshirdi. Qo`llari
bilan bo`ynimdan quchib
boshini elkamga qo`ydi.
Orqadan bizni
kuzatayotgan o`g`limizni
chaqirib
yuzidan o`pdi. Biz
haqiqatda baxtli
oiladek edik. Men har
kungidan ham
mahkam ko`tarib
olgandim ayolimni.
Huddi nikoh kunimizdek…
Ishxonamga uchib kirdim.
Hoziroq
borib hammasini hal
qilaman.
Qarshimdan chiqqan
Dilraboga borini
aytdim: “Men seni
sevmayman. Hotinim bilan
ajrashmayman”. Unin
javobi yuzimga tushgan
tarsaki edi. Yig`lab
honasiga
qulflanib oldi. Men esa
yugurib
ko`chaga chiqdim va toza
havodan
to`yib nafas ola
boshladim. Go`yoki
sevib qolgan o`spirindek.
Yo`l-
yo`lakay bitta tort va
katta guldasta oldim.
Ayolim sevadigan
gullardan.
Ayolimdam minnatdor
edim meni
yana oilasiga qaytara
olganiga. Urish-
janjalsiz chiroyli yechim
topganiga.
Men uni butun umr
qo`limda ko`tarib
yurishimga arziydi.
Yotoqxonamizga qayta
tug`ilgan sevgi
qanotlarida uchib kirdim.
Ayolim
meni kutmabdi… Ishdan
qaytgunimcha joni uzilgan
ekan. Men
ko`zi ko`r shuncha oydan
beri
oilamdan uzoqlashib
ayolim rak kasaliga
duchor bo`lganini
sezmabman ham. U
ham befarq eriga dardini
aytgisi
kelmagan. Uning so`nggi
iltimosining
maqsadi esa: farzandimiz
ko`z oldida
men o`z ayolini va oilasini
tashlab ketgan odam
sifatida emas,
balki sevuvchi er va ota
sifatida
qolishimni istagan ekan,
hattoki
ketayotganida ham
yaqinlari uchun
harakat qilibdi… Hayotda
pul yig`ish,
mashina va uy olish
g`amida yuramiz, biroq bu
tashvishlar deb
yaqinlarimiz bilan
munosabatlarni
unutmasligimiz kerak.
Hech kim abadiy
emas, kim oldin, kim keyin
ketadi.
Armonda qolmaylik
doslar!
Maqola nomi : Xayot bu bamisoli okar suvdak
Vaqti : 30.04.2014|21:35
Ko'rilgan : 1528
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 336/199
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :24 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика