UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men sendan kuchliman! hiringlab,Nafrat Muhabbatga qarab: Bir qadam bossang bas, oyoqlarim tagida yanchilib ketasan.
Bekorlarni aytibsan! meni Ishonch himoya qiladi
Boshini mag'rur tutib, sózlabdi Muhabbat.
Mening ukam Gumon hamisha Ishonchingdan ustun keladi
Vafo va sadoqat Gumoningni bir zumda yóqqa chiqaradi
Rashk Gumonga qalqon bóladi
Mehr Gumonni vayron qiladi
Yolg'on Haqni yetaklab keladi men bor joyda Yolg'on bólmaydi
Muhabbat odatadagidek Nafratdan ustun kelmoqchi bólibdi. Biroq zamon ózgargan, fasllar, kunlar alishgandi. Oshiqlar bir -biriga nisbatan ishonchini yóqotgan, Rashk Gumonga yetaklar, Gumon Mehrni yóqqa chiqarar, Qaxr Ayriliqni yetaklab kelar, Muhabbatni hiyonatga sotib yuborardi.
Zamon ózgargan edi.
Kóngil bermoqlikdan maqsad Yetishmoqqa, Sevmoq niyati Visolga qorishib ketgandi. Biror nafni kózlamay turib, sevgidan sóz ochmoq Tentaklarga xos bólib qolgandi.
''Sevaman'' deb aytish nafas olishdan oson edi.
Yolg'on Rostga aylangan, Yolg'on Rostdek eshitilardi. Muhabba va Nafrat ma'nodosh sózga aylanib ketgandi.
Zamonlar ózgarib, fasllar, kunlar almashgandi
Maqola nomi : Muhabbat va nafrat
Vaqti : 30.04.2014|21:33
Ko'rilgan : 2715
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 379/397
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :30 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика