loading...

UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Mehmonsanu
dunyoga, Mezbon bilan ishing
yo’q, Senga bu jonni bergan
Hoqon bilan ishing yo’q. Agarki
pok emas ruh, ko’ngil bo’lgay
zimiston, Uni zimiston etgan
o’pqon bilan ishing yo’q. Kim
do’stu kim dushmaning
ajratolmaysan hamon, Shaytonga
do’st bo’libsan, Rahmon bilan
ishing yo’q. O’ylamaysan bu
dunyoni kim aylagan ihtiro,
Mevasi yeb tubu kun, Bog’bon
bilan ishing yo’q. Bu molu
davlatingdan foyda yo’q oxiratda,
Inson uchun eng muhim – IYMON
bilan ishing yo’q. Nafsigga qul
bo’libsan, ko’rmas aql ko’zlaring,
Qalbingda qon yig’lagan vijdon
bilan ishing yo’q. Adog’i bor
umrning so’rog’i ham bor, albat,
Yiqqan-terganlaring ko’p, ehson
bilan ishing yo’q. Jisming tushar
tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg’ulsan, osmon
bilan ishing yo’q. Boylik, amal va
shuxrat – bular dunyo g’aflati,
Bundan ham bexabarsan, Qur’on
bilan ishing yo’q. Millat bugun
mustaqil, o’zbek dunyoga
mashxur, Bobolaring etmagan
zamon bilan ishing yo’q.
Ko’zingni och, ey odam,
bandaliging unutma, Nechun
ushbu g’animat imkon bilan
ishing yo’q.
Maqola nomi : Nafs bandalariga
Vaqti : 30.04.2014|21:31
Ko'rilgan : 1573
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 338/356
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :39 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика