UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Farishtadek yana bir chaqaloq
dunyo yuzini ko’rdi. Onasini
qiynab qo’yishdan qo’rqqan
shekilli, u vrachlar yordamisiz
tug’ildi. Oradan bir kun o’tib, bu
chaqaloq o’zini shahar
chekkasidagi tashlandiq sovuq
yerda ko’rdi.Onasi:
-Bolajonim, oppog’im, o’g’lim.
Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir
zamon judayam o’zgarib ketgan.
Men sen bilan qayerga ham
sig’ardim. Ota-onam ko’rsa seni
ham meni ham o’ldirishadi.
Mening esa hamma hayotim
oldinda. Sen meni kechir. Sen
faqatgina uxlaysan xolos. Shirin
uyquga ketasan. Mendek
gunohkor onangni kechir. Endi
uxla. Chaqaloq: -Farishtam onam
qayerga ketdi? Farishta: -
Bilmadim, lekin sen o’ylama hozir
qaytib keladi. Chaqaloq: -
Farishtam senga nima bo’ldi?
Nega ovozing bunaqa?
Yig’layapsanmi? Oyijonimga
tezroq ayt kelsin. Bu yer juda
sovuq ekan sovqotib
ketyapman. Farishta: -Yo’q
toychoq, men yig’lamayapman
senga shunaqa tuyulgan shekilli.
Men hozir onagni olib kelaman.
Sen faqat uxlab qolma,
balandroq yig’la. Yig’la toychoq,
yig’la. Chaqaloq: -Farishtam axir
onajonim uxla dedilar. Uxlashim
kerak. Bu orada esa shu joyga
yaqinroqdagi uylarning birida
navbatdagi janjal. -Azizam, xafa
bo’lmagin axir tirnoqqa zor faqat
biz emasku. Bu dunyoda
qanchalab oilalar farzand asrab
olib, baxtu kamolini ko’rmoqda.
Biz ham asrab olamiz faqatgina
baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi. -
Azizim, keling, negadir
tashqariga chiqqim kelyapti.
Yuring. Meni kimdir chaqiryapti. -
Senga nima bo’lyapti, soatga
qara. Qayoqqa? -Tezroq, tezroq
boraylik. Bilmadim qayoqqa lek
yuragim guppilab uryapti,
qayoqqadir borishim kerak. Meni
tushuning. Yuring. -Faqat sen
uchun, mayli yuraqol. Uydan
yosh oila chiqib yo’lak bo’ylab
tez yura boshlashdi. -Azizam
negadir, sen o’zingni ovora
qilyapsan, qayaqa
ketyatganingni ham
bilmayapsanu. -Azizim xuddi
kimdir qo’limdan tortib
ketayotgandek.......... -Menga va’da
ber ertaga hech ish qilmasdan
uyda dam olasan. Tamom. Men
vrachingga ham telefon qilib
gaplashib qo’yaman.
Maqola nomi : Begunoh chaqaloq
Vaqti : 30.04.2014|21:29
Ko'rilgan : 1588
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 283/286
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика