UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sizlarga bu hikoyani so'zlab
berar ekanman ko’zlarimdegi
yosh ummon qadar cheksiz
bo’lib o’zligimga nafrat
tuyg’usini doimo yodimga solib
turadi. Bundan 3 yil muqaddam turmushga chiqqandim.
Fotihamdan oldin xaddan ziyod
sho’x, o’ta qiziquvchan va turli
hil farosatsiz odatlarim ham bor
edi. Ayniqsa “Odno”ga
mukkamdan ketgandim. Ammo to’yga qadar Onajonim mendagi
bu hislatlarni ijobiy tomonga
o’zgartirdilar. To’y ham bo’ldi,
oradan oylar ham o’tdi. Turmush
o’rtog’im es-hushli, topish-tutishi
yaxshi eng muximi farosatli inson. Farzandli bo’ldik,
quvonchimiz cheksiz edi. Onalik
baxtini quchib farzandimni sekin-
asta ulg’aytira boshladim. Umr
yo’ldoshim kun bo’yi ishda man
esa uyda bolam bilan yolg’iz qolardim. Shu sababli ko’p
hollarda zerikish deb atalgan
yoqimsiz tuyg’u deyarli kun bo’yi
meni tark etmasdi. Xuddi
shunday zerikarli kunlarimning
birida dugonalarim mehmonga kelishdi. Ularni sog’ingandim shu
bois diydorlariga to’yib olish
nasib qilganidan quvonib ketdim.
Gapdan gap chiqib zerikish
mavzusiga borib taqaldi. Ular
nega “Odno”ga kirmayapsan, seni “Odno” sog’indi deya
xazilomus gaplar aytishdi. Turli
hil baxonalarimga qaramay
o’sha kuni dugonalarim mani
yana “Odno”ga qaytarishdi.
Turmush o’rtog’imdan buni sir tutishga qaror qildim. Endi
butunlay boshqacha bo’lishini
bilgandim. Zerikish mendan
uzoqlashgan, dugonalarim,
sinfdoshlarim bilan aloqam yana
mustaxkamlana boshlagandi. O’ylardimki hayotimga mazmun
kirdi, endi boshqalar kabi
ovunadiganim bor deb. Biroq
bilmabmanki, o’sha kundan
boshlab hayotimdagi eng aziz
ne’matimdan ayrilishimni. O’sha vaqtlarda yana “Odno”ga
mukkamdan keta boshladim.
Kun bo’yi “Odno”da o’tirib ba’zan
ro’zgo’rdagi muxim yumushlar
yodimdan ko’tarilib qolardi.
Bularning barchasi mani xalokat tomon yaqinlashtirganini bilmay
yuraveribman. Kunlarning birida
o’sha la’nati “Odno”da butun
vujudim sho’ng’ib ketganimdan
jonim bolam hayolimdan
ko’tarilib qolibdi. U endigina bir yoshni qarshilagan va emaklab,
teta poya qilib yurardi. Oradan
ko’p o’tmay “Odno”dan chiqib ne
ko’z bilan ko`rayki yonimda
bolam yo’q. Qidira boshladim,
jonim bo’g’zimda. Tashqariga chiqdim va butun hayotimni
tubdan o’zgartirib yuborgan
mudxish manzaraning guvohi
bo’ldim! Endigina yorug’
dunyoga ilk qadamlarini qo’ya
boshlagan mittigina farzandim xovlimizdagi xovuzda ko’m-ko’k
bir tusga kirib, cho’kib yotardi.
Xovuzdan olib chiqib ovozim
boricha baqirib yig’lardim. U esa
jim!!!… Shifoxonada turmush
o’rtog’imga qo’ng’iroq qildimu hushimdan ketdim. Birozdan
so’ng o’zimga keldim. Ilk so’zim
bolam bo’ldi. Biroq umr
yo’ldoshim bag’riga bosib endi
farzandimiz yo’q deb
yig'laganda butun hayotim ostun-ustun bo’lib ketdi. Ilk
farzandimdan ayrildim va bunda
umrbod faqatgina o’zimni
ayblab yashayman endi. So’zim
oxirida to’ydan so’ng “Odno”ga
kirgan barcha kelinlardan o’tinib so’rayman. Ogoh bo’ling opalar.
Meni ko’zlarimdan oqqan yoshlar
sizning ham ko’zingizdan
oqmasin deb qo’rqaman. Yerlar
yutsin o’sha “Odno”ni. Chunki
o’sha “Odno” sabab bolam o’ldi…!!!
Maqola nomi : Odno ni deb bolam o'ldi
Vaqti : 30.04.2014|21:25
Ko'rilgan : 1556
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 304/294
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :49 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика